– Men sevaman, – shivirlar ayol, –
kirlaringni yuvib beraman,
dazmollayman koʻylaklaringni
seni quchgan qoʻllarim bilan.
Faqat bir kun yoningda yotib
jilmaygancha shivirlasam bas:
“Yuragimning ostida kimdir
xuddi sendek olmoqda nafas”.
1979