Bosh sahifa Mavzular Xurshid Davron

Xurshid Davron

Xurshid Davron. Men ertaga juda erta…

Men ertaga juda erta Tinch uyqumni buzaman, Oq koʻylagim kiyaman-da, Dalalarni kezaman.   Yashilgina maysalarning Barglariga bosib lab, Erkalayman qizaloqday Qulogʻiga shivirlab.   Keyin oyning elkasiga Qoʻlimni qoʻyib beun – Yuragimni ochaman – Oydin boʻlar oʻsha tun.

Xurshid Davron. Men sevaman…

 – Men sevaman, – shivirlar ayol, – kirlaringni yuvib beraman, dazmollayman koʻylaklaringni seni quchgan qoʻllarim bilan.   Faqat bir kun yoningda yotib jilmaygancha shivirlasam bas: “Yuragimning ostida kimdir xuddi sendek olmoqda nafas”.   1979

Xurshid Davron. Qiz va shamol haqida ertak

Dardlarimday uzun koʻchani Oyoqlaring sasi oʻpadi. Uxlab qolgan oydin koʻchani Uygʻotadi sochlaring hidi. Uzoqlardan senga izma-iz Oshiq shamol ergashib kelar, Yolvoradi u senga unsiz, Yolvoradi tungi maysalar. Koʻzlaringga oy boqar qonib, Koʻzlaring oy...

Xurshid Davron. Otam xotirasiga

Derazamning ostida tongda Sayragan qush senmasmi, ota?   Yo toʻnimga koʻklam, mozorda Yopishgan gul senmasmi, ota?   Oʻn yildir-ki dunyoda yoʻqsan, Yuragimda qolgan firoqsan.   Koʻrmagansan mening oʻgʻlimni, Erkatoyim, shoʻxim, toʻqlimni.   Men ham yoshim oshgani...

Xurshid Davron. Bobur

  Otlar yelar shiddatdan terlab, Yangrar xatar toʻla toʻqalar. Hurkib koʻkka sapchir patirlab, Tun uyqusi - qora qargʻalar. ...

Xurshid Davron. Vido

Men sendan ketmoq istayman, Yomgʻirdek emas, - Yomgʻir yana qaytib keladi. Shamoldek emas, – Shamol yana qaytib yeladi Men sendan ketmoq istayman Muhabbat kabi...   1975

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: