Yaxshilarni koyiymiz koʻproq

0
58
marta koʻrilgan.
Abdulla Oripov

Hayotda koʻrgan, eshitgan, xulosalagan haqiqatlarimizni hamisha ham ifodalay olmaymiz. Chinakam ijodkorning xos sifatlaridan biri ana shu holatlarni, inja kuzatuvlarni qogʻozga tushira bilishdir. Kecha ulugʻ shoirimiz Abdulla Oripovning bir sheʼrini oʻqib qoldim. Muallif umrining oxirlarida yozgan sakkiz qatorli sheʼr quyidagi misralar bilan yakunlanadi:

 

Duch kelsak-da yomonga, biroq

Yaxshilarni koyiymiz koʻproq.

 

Bu oddiy haqiqatni deyarli hamma biladi. Bunday holatlar kichkinagina oiladan tortib mamlakatlar orasidagi xalqaro munosabatlarda ham kuzatiladi. Deylik, oilada ota-onaga eng koʻp yordam beradigan, yumushlarni bajaradigan farzand boshqalarga qaraganda koʻproq dakki eshitadi. Zari va zoʻri bor odam bilan oʻrtahol bir kishi janjallashib qolsa, kimning yoni koʻproq olinishi, kimga xayrixohlik namoyon etilishini yaxshi bilasiz. Yoki kuchiga ishongan bir davlat zaifroq qoʻshnisiga zulm qilayotgan boʻlsa, mazlumning yonini olishga uncha-munchasining yuragi dov bermaydi. Baʼzi jurʼat topganlar ham yo umumiy qilib, yo birov eshitmaydiganroq tarzda tanbeh berib qoʻyadi. Koʻp vaziyatlarda manfaat va qoʻrquv hammasini hal qiladi. Odam tabiatiga xos xususiyat bu. Yaxshilar esa – bezarar, ularni tergash, gʻazab qilish oson. Ular birovga jiddiy zarar yetkazmasligi yoki nomardlarcha yoʻl tutmasligi hammaga ayon…

Fikriy sheʼr matematik tenglamaga oʻxshaydi. Uning maʼnosini aqlingiz va tasavvuringizga mos usulda yechib olaverasiz.

Abdulla Oripov sheʼriyatida fikriy sheʼrlar salmogʻi katta. Katta hayotiy tajriba, kuzatuvlar va chuqur tafakkurdan tugʻilgan misralar bizni oʻylashga, hayotga teranroq nazar solishga undaydi.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.