Darranda nima?

0
189
marta koʻrilgan.

Kitoblarda, gazeta-jurnallarda “parranda-darrandalar” degan soʻzga duch kelgan boʻlsangiz kerak. Parranda nimaligini koʻpchiligimiz yaxshi bilamiz: har qanday qush zoti. Uyda boqiladiganlari uy parrandasi deyiladi. Masalan, tovuq – uy parrandasi. U ham aslida qush.

Xoʻp, bu gaplar tushunarli. Lekin darranda nima?

“Darranda” – asli forscha soʻz, “pora qilmoq”, “parchalamoq” maʼnosidagi feʼlning hozirgi zamon shakli. “Izohli lugʻat”ga koʻra, oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi.

  1. Sutemizuvchi yirtqich, vahshiy hayvonlar:

Darrandalarning ayrimlari, sariq yumronqoziq va sugʻurlar qish va yozda uzoq uyquga ketadi. (“Fan va turmush”)

Tuxumi qurib ketgan, quruqda yashovchi sudralib yuruvchilardan darranda kaltakesaklar diqqatga sazovordir. (“Zoologiya”)

  1. Koʻchma maʼnoda. Yovuz, yirtqich:

Yanching oʻz ichida darranda zotin,

Gitlerning baloyi nogihonlarin.

Gʻ. Gʻulom.  

Darranda dushmanlar serjahl, asabiy,

Kuchanar devorni sindiray deya.

M. Shayxzoda, “Chorak asr devoni”.

Demak, darranda yirtqich hayvon, koʻchma maʼnoda esa “yovuz, yirtqich” deganidir.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.