Toʻrt muchaga nimalar kiradi?

0
142
marta koʻrilgan.

“Toʻrt muchasi sogʻ” degan gapni koʻp eshitamiz. Badiiy adabiyotlarda ham bu ibora bot-bot koʻzga tashlanadi. “Mucha” soʻzining lugʻaviy maʼnosi “kishi aʼzosi”dir. “Toʻrt muchasi sogʻ”lik esa jismonan sogʻlomlikni anglatishi maʼlum.

Lekin toʻrt mucha deganda aynan qaysi tana aʼzolari nazarda tutiladi? “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ga koʻra, toʻrt mucha oyoq, qoʻl, koʻz va quloqdir.

Misol:

Toʻrt muchasi sogʻ odamga bekorchilikdan yomon dard yoʻq ekan.

S. Siyoev, Avaz.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.