
2016 yil 14 dekabr kuni soat 15:00 da Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Onajonim – sheʼriyat” toʻgaragining navbatdagi mashgʻuloti boʻlib oʻtadi. Bu galgi mashgʻulot Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bagʻishlanadi. Adabiy-badiiy kecha, mushoira tarzida oʻtadigan mashgʻulotga atoqli adiblar, Erkin Vohidovning oila aʼzolari taklif etilgan.
Kechada barcha qiziqqanlar qatnashishi mumkin.