Alvido, ustoz!

0
834
marta koʻrilgan.

Bugun, 2016 yil 31 may kuni Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri, “Yoshlik” jurnalining BIRINCHI BOSH MUHARRIRI, qadrli ustozimiz Erkin Vohidovni soʻnggi yoʻlga kuzatdik. U kishi nafaqat ijodda, balki hayotda ham chinakam ibrat maktabi, yoshlarning gʻamxoʻr murabbiyi edi. Erkin Vohidov umrining oxiriga qadar joʻshqin ijodi, ijtimoiy faolligi bilan ijod ahliga oʻrnak boʻldi. Ustoz Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashkil etgan tadbirlarda ham izchil qatnashib, davralarga fayz, koʻngillarga yorugʻlik ulashdi, yoshlarning “Birinchi kitobim” ruknida bosilgan ilk kitoblariga iliq va samimiy munosabatlarini bildirdi.

Ustozning oxiratlari obod boʻlsin. U kishining goʻzal va salmoqli asarlarini oʻqigan paytlaringizda, haqlariga duo qilib qoʻying, azizlar.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.