Aʼzam Oʻktam. “Sahar vaqti yurak yigʻlar”

0
2669
marta koʻrilgan.

“Movarounnahr” nashriyoti taniqli shoir Aʼzam Oʻktamning “Sahar vaqti yurak yigʻlar” sheʼrlar kitobini nashr etdi.

Aʼzam Oʻktam (1960 – 2002) oʻziga xos ovozga ega boʻlgan isteʼdodli shoir, nosir, maqolanavis, mohir tarjimon, jonkuyar muharrir edi. Uning “Kuzatish”, “Kuzda kulgan chechaklar”, “Ziyorat”, “Taraddud”, “Ikki dunyo saodati”, “Qirqinchi bahor” sheʼriy toʻplamlari chop etilgan. “Xabar” qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida eʼlon qilingan (1995).

Aʼzam Oʻktamni ijodkor va inson sifatida yaqindan biladigan hassos ustozlarimizdan biri u haqda: “…oʻz tengdoshlari ichida birinchi galda toʻgʻriligi bilan ajralib turardi. Keyin fidoyiligi, keyin kamgapligi va kamtarligi bilan… Aʼzam va u kabilar tirik boʻlganida edi, dunyomiz chiroyi yanada boshqacha boʻlardi balki. Sheʼrlari ham toʻgʻrilik namunasi edi”, deganida koʻplarning koʻnglidagi gaplarni aytgan.

Shoirning ushbu kitobi uning ijodkor va inson sifatidagi yuzini zukko oʻquvchi yuragiga muhr etadi, deb umid qilamiz.

 

Toʻplab, nashrga tayyorlovchi – Nabijon Boqiy.

Muharrir – Nurulloh Muhammad Raufxon

Soʻzboshi muallifi – Rauf Parfi.

Soʻngsoʻz muallifi – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

 

Kitobni nashriyotdan xarid qilish mumkin.

Toʻlovlar naqd, pul oʻtkazish yoki terminal orqali amalga oshiriladi.

Manzil: 100002, Toshkent shahri Zarqaynar 18-berk koʻcha 47a-uy.

Moʻljal: “Hastimom” majmuasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti yonida.

Telefon: 240-08-23

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.