Diqqat! Siz kutgan kitob!

0
1027
marta koʻrilgan.

Shavkat Rahmon XX asr oʻzbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biridir. Uning sheʼriyati – oʻlmas sheʼriyat. Bu sheʼriyat inson yuragini har gal larzaga solib yuboradi, aqlini shoshiradi, oʻylashga undaydi.

Shoir ijodi bilan ilk bora tanishayotgan kitobxon oʻqish chogʻida sezgilari noziklashib, tuygʻulari oʻtkirlashib, tevaragiga, odamlarga, voqea-hodisalarga qarashlari teranlashib borayotganini his etadi. Mutolaa bitgach esa, tuyqus oʻzini qoʻyarga joy topa olmay qoladi. Chunki shoir oʻzi aytgan gapga ne qadar chin koʻngildan ishongan boʻlsa, uning soʻzi bilan amali bir ekaniga oʻquvchi ham shu qadar ishonadi. Shu sababli ham Shavkat Rahmonning soʻzi tirik, soʻzida oʻzi tirik!

“Movarounnahr” nashriyoti ana shu betimsol shoirning “Abadiyat oralab” kitobini nashr etdi.

Unga adib oʻzi tartib bergan “Saylanma” (1997) asos qilib olingan. Biroq yangi kitobdan “Saylanma”ga kirmagan juda koʻp sheʼrlar ham joy olgan. Kitobni “Movarounnahr” nashriyotidan kelishilgan narxda ulgurji yoki chakana (donalab) sotib olish mumkin.

 

Toʻlovni naqd, pul oʻtkazish yoki terminal orqali amalga oshirish mumkin.

Manzil: 100002, Toshkent shahri Zarqaynar 18-berk koʻcha 47a-uy.

Moʻljal: “Hastimom” majmuasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti yonida.

Telefon: 240-08-23

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.