Oʻtkir Hoshimovning vido kitobi

0
1915
marta koʻrilgan.

“Movarounnahr” nashriyoti xalqimizning sevimli adibi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning “Yarim asr daftari” kitobini chop etdi. Kitobni yozuvchi oʻz qoʻli bilan tartiblagan. Biroq nashr holatini koʻrish muallifga nasib etmadi.

Oʻtkir Hoshimov ijodini sizu bizga – adabiyot muxlislariga bagʻishladi. Kitob mutolaasidan soʻng koʻnglingizga tugʻishgandek yaqin boʻlib qolgan bu bagʻrikeng yozuvchi haqqiga duo qilib qoʻying, aziz kitobxon.

 

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning ushbu kitobi qariyb ellik yillik kuzatuvlar mahsulidir. Undan adibning yaqinlari – ota-ona, oila aʼzolari haqidagi maqolalari, safdoshlar, ustozlar, zamondosh ijodkorlar bilan bogʻliq xotira va oʻylari, hayot, adabiyot toʻgʻrisidagi mulohazalari oʻrin olgan. Sahifalarni varaqlar ekansiz, adib atrofdagilarga cheksiz mehr, samimiyat, eʼtibor bilan yondashganining guvohi boʻlasiz. Har bir satrda yozuvchiga xos bagʻrikenglik, odamlar qalbidagi ezgulikni koʻra bilish, atrofdagilarning quvonchiga sherik, dardiga malham boʻla olish kabi xislatlarni koʻrasiz. Toʻplamga kirgan maqolalar, oʻylar, suhbatlarda xalqimizga xos mehr-oqibat, donishmandlik, soddalik ham aks etgan.

Ushbu kitob adib siymosi, uning hayoti va ijodi haqidagi tasavvurlarimizni yanada boyitadi.

 

“Yarim asr daftari” kitobini “Movarounnahr” nashriyotidan yoki “Sharq ziyokori” doʻkonlaridan sotib olishingiz mumkin.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.