“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining sayti ishga tushdi

2
1255
marta ko‘rilgan.

Internetdan bir maqolani qidirayotib, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining uzas.uz saytiga kirib qoldim. Shu yil sentyabr oyida ish boshlabdi. Saytni ko‘rib, juda xursand bo‘ldim. Sababi adabiy nashrlarning aksariyati o‘z veb sahifasiga ega bo‘lib ulgurgan, “O‘zAS”ning esa elektron talqini yo‘q edi.

Axborot asri deya e’tirof etilayotgan XXI asrda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanganlar yutishi aniq. Ayrimlar bosma nashrning sayti obunaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, odamlar gazeta-jurnalni sotib olmay, tayyor internetdan o‘qib qo‘ya qoladi, deb o‘yladi. Aslida, unday emas. Birinchidan, sayt nashr reklamasiga xizmat qiladi. Ikkinchidan, biror-bir veb sahifa qog‘ozning o‘rnini bosolmaydi. Gazeta-jurnal yoki kitobni qo‘lda tutib, moddiyatini his etib o‘qishning zavqi bo‘lak. Shu bilan birga, tezkorlik, yengillik, qulaylik borasida qog‘oz ham zamonaviy texnologiya bilan bellasha olmaydi. Har birining o‘ziga xos afzalligi bor.

Barcha adabiyot va san’at muxlislarini yangi sayt bilan qutlayman va sayt ishiga omadlar tilayman.

 

Orif Tolib

2 Mulohaza

  1. Men ushbu gazetaga 1985-2000 yillar davomida obuna bulib xar bir soni koldimay ukib borganman. Ushbu gazetaning yukoridagi davrlarda chop etilgan kaysidir sonidan “LUTFAN” suzining manosi xakida ukigan edim. Afsuski xozir xotiram pand berib gazetani kaysi sonda ushbu makola berilganligi yodimdan kurtaribdi. Maksadim shuki, bir adabiyotshunos ustozga yukoridagi makolani ukiganim xakida gapirib bergan edim.Yana bir karra ushbu makola chop etilsa maksadga muvofik bular edi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.