Sheʼrlar tanlovi eʼlon qilindi

2
1289
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Ijod” jamoat fondi Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining yigirma besh yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bagʻishlangan harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi eng yaxshi qoʻshiqlar yaratish uchun

“Posboniman muqaddas yurtning”

sheʼrlar tanlovini eʼlon qiladi.

 

Tanlovga taqdim etilgan sheʼrlarda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, yosh avlodni milliy gʻurur va mamlakat Qurolli Kuchlariga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash va Vatan himoyachisining yangi qiyofasini shakllantirish, “Oʻzbekiston – mustaqil Vatanim, milliy armiyam faxrim, gʻururim!” shiori mohiyati aks ettirilgan boʻlishi kerak. Shuningdek, bebaho neʼmat boʻlmish mustaqillikning beqiyos ahamiyatini, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini, ajdodlarimizning maʼnaviy merosini va milliy qadriyatlarimizning ijtimoiy hayotdagi rolini vatandoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga yanada chuqurroq singdirish ijodiy ishlarning mazmunini tashkil etishi lozim.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tuzilgan soha mutaxassislaridan iborat hayʼat tomonidan koʻrib chiqilib, gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

Tanlovda professional shoirlar bilan bir qatorda havaskor ijodkorlar ham ishtirok etishi mumkin.

Tanlov gʻoliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

– 1 ta birinchi oʻrin – eng kam ish haqining 20 baravari miqdoridagi pul mukofoti va diplom;

– 2 ta ikkinchi oʻrin – har biri eng kam ish haqining 15 baravari miqdoridagi pul mukofoti va diplom;

– 3 ta uchinchi oʻrin – har biri eng kam ish haqining 10 baravari miqdoridagi pul mukofoti va diplom;

– 5 ta ragʻbatlantiruvchi sovrin – har biri eng kam ish haqining 5 baravaridagi pul mukofoti va diplom.

Tanlov gʻoliblari ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

– muallifning arizasi;

– muallifning pasporti nusxasi;

– muallifning yashash manzili va bogʻlanish telefonlari.

Tanlovga sheʼrlar 2017 yil 1 iyungacha qabul qilinadi.

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Oʻzbekiston shoh koʻchasi 16a-uy. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi.

Telefonlar: 227-08-27,239-26-91.

 

2 Mulohaza

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.