Ustoz adibni eslab…

0
687
marta koʻrilgan.

2015 yil 15 oktyabr kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi majlislar zalida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazirning 100 yilligiga bagʻishlangan xotira tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar va talabalar qatnashdi. Tadbirni Uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali ochib, Hakim Nazirning hayoti va ijodi, milliy adabiyotimizga qoʻshgan hissasi haqida gapirdi.

Nosir Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Umarali Normatov, Anvar Obidjon, Ahmadjon Meliboyev, Ashurali Joʻrayev kabi taniqli adib va adabiyotshunoslar ustoz yozuvchi haqidagi xotiralarini soʻzlab berdilar.

Marhum ustozlarni xotirlash, ularning ibratli hayot yoʻli, fazilatlarini esga olish yoshlar uchun katta maktab boʻlishi shubhasiz.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.