Orif Tolib
12K subscribers
1.24K photos
108 videos
10 files
2.05K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Haqiqiy turk tili mutaxassisidan turk  tilini o'rganing!

🇹🇷 Turk tilini kuchli ustozdan o'rganish yaxshi. Lekin shu ustozlar yuzlab yoki minglab o'quvchilarga ta'lim bergan bo'lsa undan ham yaxshi. Hilal Edu Novza filialida esa aynan shunday ustozlar dars beradi.

⚡️ Hozirda ustozlarimizning yuqori darajadagi offline guruhlariga katta qabul boshlangan.

O’quvchilarimiz safiga qo’shilib, yuqori natija egasiga aylanishni istasangiz, sizni Hilal Eduda kutib qolamiz!

📞  Ro'yxatdan o'tish uchun
Foydadan burun ziyonni hisobla.
Uygʻur maqoli

Sharh:
Koʻpchilik yangi ish boshlashda faqat kutilayotgan daromadga mahliyo boʻladi. Ammo “Ish oʻxshamasa, nima boʻladi?” degan savolga ham javob boʻlishi kerak. Bu pessimistlik emas, xatarlarni toʻgʻri baholashdir. Ziyonni oldindan koʻra bilgan odam kutilmagan zarbalardan sinmaydi va muammoli vaziyatlarga ham tayyor turadi.


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
🌐 “Tirik hikmatlar”dan “Zakovat” oʻyinlari uchun 5️⃣ savol (yangi toʻplam)

Oʻzingizni sinab koʻring! Qani, qaysi savollarga javob topa olarkansiz?


1️⃣ Tabib va bemor (Yunon maqoli)

Qadimgi yunon maqoliga koʻra, tabib bir holatda bemorni tuzatishga shoshilmaydi. Agata Kristi asarlarida jinoyatga qoʻl urishning asosiy motivlaridan biri aynan shu maqomga ega boʻlishdir.

Diqqat, savol: Maqolga koʻra, tabib qaysi holatda bemorni tuzatishga shoshilmaydi?

2️⃣ Kichik yon berish (Arab maqoli)

Arablar biror yomonlikning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kerakligini uqtirib, shunday deydilar: “Agar U burnini chodirga kirita olsa, demak, tez orada butun tanasi ham sigʻadi”. Sharqda UNI taʼriflaganda baʼzan kemani ham eslashadi.

Diqqat, savol: Gap qaysi jonivor haqida ketmoqda?

3️⃣ Mutaxassis xatosi (Yapon maqoli)

Yaponlar mutaxassis ham xato qilishi mumkinligini tushuntirish uchun shunday deydilar: “Hatto U ham daraxtdan yiqiladi”. Sharq taqvimidagi yil nomlaridan biri aynan UNING nomi bilan ataladi.

Diqqat, savol: Maqoldagi U nima?

4️⃣ Harakat fizikasi (Xitoy maqoli)

Xitoy donishmandlari ilm olishni BIR HARAKATGA qiyoslaydilar. Uning qonuni shafqatsiz: agar harakatdan toʻxtasangiz, oʻz-oʻzidan orqaga ketib qolasiz.

Diqqat, savol: Maqolda ilm olish nima qilishga oʻxshatilgan?

5️⃣ Mantiqsiz davo (Birma maqoli)

Birma maqolida folbinlarning mantiqsizligi hajv qilinadi. Maqolga koʻra, folbin tovuq kasal boʻlib qolganda uning shifosi uchun bir hayvonni soʻyib, qon chiqarish kerakligini aytadi. Baʼzi Yevropa mamlakatlarida bu hayvon ishtirokida tomoshalar qoʻyiladi.

Diqqat, savol: Folbin qaysi hayvonni soʻyishni maslahat beradi?

💬 Savollarni zakovatchi doʻstlaringizga joʻnatib qoʻying.


✔️ Javoblar:
👉 https://mutolaa.com/book/tirik-hikmatlar

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Seni oʻzingdan koʻra koʻproq aldaydigan bormi?
Benjamin Franklin

Sharh:
Biz koʻpincha dushmanlardan xavfsiraymiz, ammo eng katta yolgʻonchi koʻzgudagi aksimizdir. “Ertadan boshlayman”, “bu oxirgisi”, “men tayyor emasman” kabi bahonalar – oʻzimiz uchun toʻqigan shirin yolgʻonlarimizdir. Muvaffaqiyat oʻz-oʻzini aldashni toʻxtatib, achchiq haqiqatni tan olishdan boshlanadi.


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
“Boʻysunmoq”mi yoki “boʻyin sunmoq”?

Bu soʻzning ildiziga eʼtibor qaratsak, qiziq manzaraga guvoh boʻlamiz. U boʻyin va sunmoq soʻzlaridan tarkib topgan.

Xoʻsh, sunmoq nima degani?

Bu soʻz eski tilimizda tutmoq, uzatmoq maʼnolarini bildirgan.

Demak, boʻyin sunmoqboʻyinni tutmoq, boʻyinni egib berish degani. Qadimda magʻlublar gʻolibga boʻynini egib, “mana, boʻynimni senga sundim (tutdim), xohlasang qilich ur, xohlasang qul qil” qabilida itoat izhor qilgan. Bu holat tilda koʻchma maʼno kasb etib, itoat qilish, koʻnish maʼnosida mustahkamlangan.

⚠️ Imlo qoidasi

Soʻz va ibora imlosi farqlanadi.

1️⃣ Yaxlit feʼl shaklida:

Soʻzlar birikib, yaxlit feʼlga aylanganda tovush tushadi va boʻysunmoq shaklida yoziladi. Bu – eng faol shakl.

Tabiatning hech kimga boʻysunmaydigan oʻz qonunlari bor.
Oʻ. Hoshimov, “Qalbingga quloq sol”.

2️⃣ Ibora shaklida:

Ibora holida boʻyin sunmoq shaklida, ajratib yoziladi. Lekin bu shakl kam qoʻllanadi:

Qabila yangi sardorning hukmiga boʻyin sundi.

📌 Demak:

Boʻysinmoq, boʻyinsunmoq, boʻyinsinmoq, boʻyin sinmoq

Boʻysunmoq, boʻyin sunmoq ✔️

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Bormikan”mi yoki “bormikin”?

Bu soʻzning yozilishi koʻpchilikni ikkilantiradi. Chunki jonli nutqda bormikin deb talaffuz qilish koʻp uchraydi.

Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?

Asliyatga qaraymiz. Bu soʻz bormi ekan birikmasining qisqargan shaklidir.

Ekan toʻliqsiz feʼli qisqarganda -kan shaklini oladi, -kin emas:

Bormi ekan? ➡️ Bormikan?

⚠️ Qoida feʼllarga ham tegishli

Bu holat feʼllarda ham kuzatiladi:

Kelarmi ekan? ➡️ Kelarmikan?
Aytibdimi ekan? ➡️ Aytibdimikan?

Bir nozik jihat

Hozirgi adabiy tilda -mi soʻroq yuklamasi asosan toʻliqsiz feʼlga (ekan) qoʻshilyapti: kelarmi ekan emas, kelar ekanmi. Ammo qisqargan shaklda har ikki variant ham faol ishlatilyapti:

Kelarmi ekan? ➡️ Kelarmikan?
Kelar ekanmi? ➡️ Kelarkanmi?

📌 Demak:

Qaysi shaklda qoʻllashdan qatʼi nazar, soʻz -kan bilan tugashi shart.

Bormikin, kelarmikin
Bormikan, kelarmikan ✔️

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
atamalar_2025-12.pdf
685.4 KB
Atamalarni oʻzbekchalashtirish boʻyicha yangi takliflar tayyorlanibdi. Undan 66 ta soʻz oʻrin olgan.

Masalan, emojiga imo variantini taklif qilishibdi, soʻz qisqa, aytishga qulay. Men oldinroq hisbelgi soʻzini taklif qilgandim, u ancha-muncha ommalashib ham ulgurdi. Oʻsha gap: atamalarni oʻzbekchalashtirish borasida tezlik juda muhim.

Takliflar ichida menga maʼqul boʻlganlari ham, maʼqul boʻlmaganlari ham bor. Oʻzbekchalashayotgan atamalarga baʼzi misollar: blokcheyn – zanjirblok, bonus – siylama, brend – xosnom, vebinar – vebmashgʻulot, vertolyot – tikuchar, dedlayn – soʻngmuddat, layfhak – sarayechim, limit – meʼyoriy chegara, rasprodaja – arzonsotuv, revansh – qayta kurash, heshteg – kalitsoʻz.

Qabul qilingan muqobillar rasman tasdiqlanadi va muomalaga kiritiladi. Shunday ekan, munosabat va takliflarni hozir berish kerak, keyin kech boʻladi. Mana bu kanalda izoh qoldirishingiz mumkin:

👉 https://t.me/Fanlar_akademiyasi/26191

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Orif Tolib
atamalar_2025-12.pdf
Foydalanuvchilarga oson boʻlishi uchun Google Formsda soʻrov shakli ishlanibdi. Unda har bir soʻz boʻyicha munosabat bildirish (maʼqul/yoqmadi), oʻz taklifingizni qoldirishingiz ham mumkin:

👉 Fikr bildirish
Taniqli tilshunos va amaliyotchi oʻqituvchi Shokir Tursun attestatsiya boʻyicha kanal ochibdi. Unda kanal aʼzolari attestatsiyaning pedagogik mahorat va kasb standarti qismiga tayyorlanar ekan.

Kanalda nimalar bor:

📎 500 ta maʼlumot
🖥 attestatsiya tipidagi 150 ta test va ularning tahlili
📝 400 ta maʼlumotni oʻrganishga qaratilgan test
📹 10 ta videodars
✍️ shu paytgacha tushgan 50 ta testning tahlili
💬 test kuniga qadar qoʻllab-quvvatlov

Bularning hammasini bor-yoʻgʻi 3 ta lavash puli (96 000 soʻm) evaziga olishingiz mumkin. (Faqat bir marta toʻlov qilinadi.)

Kanalga qoʻshilishni istaganlar uchun manzil:
👉 @shtdarsxonasi_bot

Taʼlim reklamasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Prompt” va “token”: oʻzbekchasi nima boʻladi?

Biror yangi atama yoki tushuncha tilga kirib kelayotgandayoq ot qoʻyib olinsa, singishi oson kechadi. Chet soʻz oʻrnashib, yastanib olgach, undan voz kechish qiyin. Ayniqsa axborot va yangilanishlar selday kelayotgan hozirgi zamonda bir qadam oldinda boʻlish shart.

Sunʼiy idrok (SI) hayotimizga yangi atamalarni olib kiryapti. Bugun eng koʻp ishlatiladigan ikki atamani oʻzbekchalashtirish masalasiga toʻxtalmoqchiman.

⌨️ Prompt

Bu – sunʼiy idrokka beriladigan aniq vazifa, buyruq yoki yoʻnaltiruvchi matn. U modelning qanday javob berishini belgilab beradi.

Buni oʻzbekchada buyruq, yoʻnaltma, koʻrsatma, soʻrov, yoʻriq kabi soʻzlar bilan ifodalash mumkin. SIga maʼlum bir vazifa berib, undan natija kutilayotgani uchun eng maqbul tarjima soʻrov deb oʻylayman. Biroq dasturlashda ishlatiladigan query tushunchasi bilan adashtirish ehtimoli boʻlsa, koʻrsatma yoki yoʻriq variantlari ham yaxshi nomzod boʻla oladi. Demak, bu soʻz tarjimasi masalasida axborot texnologiyalari mutaxassislarining ham yordami kerak boʻladi.

🧩 Token

Sunʼiy idrok matnni qayta ishlaganda foydalanadigan eng kichik birlik. U baʼzan butun soʻzga, baʼzan soʻzning boʻlagiga teng keladi.

Masalan, model kitobxonlik soʻzini bitta butun soʻz deb emas, kitob, xon, lik kabi boʻlaklarga ajratib oʻqiydi. Bor, kel, va, ham kabi qisqa soʻzlar esa koʻpincha bitta token boʻladi. Bu usul modelga matnni tezroq va aniqroq tushunishga, nomaʼlum soʻzlarni tahlil qilishga yordam beradi.

Bu atama uchun soʻzboʻlak, matnboʻlak, uchirim kabi variantlarni koʻrib chiqdim. Lekin eng maqbuli – soʻzparcha. U loʻnda va atamadagi soʻzning parchasi degan mazmunni toʻliq ifodalaydi.

💬 Siz qanday variantlarni taklif qilgan boʻlardingiz?


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadqiqotchilar uchun yaxshi yangilik!

“Filologiya va pedagogika” elektron jurnali Konstitutsiya kuni munosabati bilan chegirma e’lon qilibdi. 4–6-dekabr kunlari @FilologiyaPedagogikaBot ga yuborilgan maqolalar 250 ming so‘mga chop etilar ekan.

Foydalanib qoling:
https://t.me/TAT_jurnal/2209

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Maslahatga quloq solmaydigan odamlarga yordam berib boʻlmaydi.

Benjamin Franklin

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Turk tilini oʻrganayotgan va imtihonga tayyorlanayotganlar uchun

“Ibrat farzandlari” loyihasidagi darslari bilan koʻpchilikka tanish turk tili ustozi Gʻulomjon Sobirov va u rahbarligidagi jamoa yangi loyihaga qoʻl uribdi. Bu bepul loyiha orqali turk tilidan CEFR imtihoniga tayyorlanish, shuningdek, bir necha kitoblar, lugʻatlar, testlarga ega boʻlish, test tahlillari bilan tanishish, onlayn va oflayn kurslar uchun chegirmalar olish mumkin ekan.

Foydalaning:
👉 @liderlik_robot

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
“Ham”: vergul kerakmi yo yoʻq?

Bu savol koʻpchilikni ikkilantiradi. Vergul kerak yoki kerakmasligi matnning tuzilishi va maʼnosiga bogʻliq. Vaziyatlarni uch guruhga boʻlib koʻrib chiqamiz:

1️⃣ Takrorlanganda

Agar ham soʻzi takrorlanib, gaplarni yoki soʻzlarni bir-biriga bogʻlab kelsa, vergul qoʻyiladi:


Ham oʻqidi, ham yozdi.
Bugun ham, ertaga ham ishlaymiz.

2️⃣ Zidlik maʼnosida: -sa ham

Bu – eng bahsli nuqta. Agar gapda zidlik maʼnosi boʻlsa va oʻqiganda toʻxtam sezilsa, hamdan keyin vergul qoʻyiladi. Bunday oʻrinlarda ham yuklamasi oʻrnida -da yuklamasini qoʻllash mumkin boʻladi, jumlada qaramasdan, shunday boʻlsa-da degan mazmun aks etadi:

U bu jumlani ikki marta oʻqisa ham, mazmunini tushunmadi.
(Oʻqiganiga qaramay tushunmadi / oʻqisa-da tushunmadi – zidlik bor).

3️⃣ Yaxlitlik: -sa ham boʻladi

Baʼzi gaplarda -sa ham bilan hosil qilingan birikma yaxlit iboradek boʻlib qoladi. Ularda toʻxtam qilinmaydi, fikr boʻlinmaydi. Asosan ruxsat, imkoniyat, xohish maʼnolari ifodalanadi. Bunday hollarda vergul kerak emas:

Borsam ham boʻladi.
Borsang ham mayli.
Oʻlsa ham koʻnmaydi.

📌 Qisqacha qoida:

🔹 Sanayapsizmi? (Ham u, ham bu) ➡️ Vergul kerak.

🔹 Zidlayapsizmi? (Oʻqisa ham, tushunmadi) ➡️ Vergul kerak.

🔹 Ruxsat yo imkoniyat maʼnosi bormi? (Yozsa ham boʻladi) ➡️ Vergul yoʻq.

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
50 ta oʻynash imkoniyati 😎

Nimaga kulyapsiz? Sarlavhada kuladigan maʼno topdingizmi? Oʻzbek tili shunaqa nozik til-da, soʻz sal yanglish joyga borib qolsa tamom – askiya paydo boʻladi. Bu jumlani kulgili va qoʻpol maʼnoda tushunish ham, bir amallab toʻgʻri maʼnoda tushunish ham mumkin. Lekin uni yozgan odam faqat toʻgʻri maʼnosini koʻzda tutgani aniq.

Yaqinda bir loyihaning reklama banneridagi imlo xatolarini koʻrib berishni soʻrashgandi. Faqat imlo ekan-da deb koʻrayotgandim, ichidan mana shu jumla “jilmayib” chiqib keldi. Aslida muallif oʻyin uchun beriladigan 50 ta “jon”ni nazarda tutgan, “Sizga oʻyinni 50 marta oʻynash imkoni beriladi”, demoqchi boʻlgan.

Oʻynash soʻzi tilimizda ham feʼl (oʻynamoq), ham ot (jazman) maʼnosida keladi. Oldiga 50 ta sanogʻi qoʻshilganda esa kishi beixtiyor ikkinchi maʼnoni tushunadi.


Xoʻsh, bu jumlani qanday tarjima qilish kerak edi? Mana variantlar:

🔹 Oʻyinda 50 imkoniyat
🔹 Oʻyinda 50 ta urinish
🔹 Oʻyin uchun 50 ta “jon”
🔹 Oʻyinda 50 ta “jon”

Siz qanday tahrirlagan boʻlardingiz?

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Kimni xoʻjayin deb atasang, u senga xizmatkorday qaraydi.
Adigey maqoli

Sharh:
Munosabatlar mezonini koʻpincha oʻzimiz belgilaymiz. Kimgadir haddan ziyod tavoze koʻrsatish, uni koʻkka koʻtarish qarshi tomonda ustunlik hissini uygʻotadi. Oʻzini pastga urgan odamga boshqalar mensimay qarashi tabiiy. Laganbardorlikdan hech kim qadr-qimmat topmagan.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
1
Nemislarda tuxum, shvedlarda rezavor, turklarda-chi?

Dunyo xalqlari bir xil narsani turlicha koʻradi. Bu tillardagi iboralarda yaqqol seziladi. Masalan, biz bir-biriga quyib qoʻygandek oʻxshashlarni “ikki tomchi suvdek” deymiz. Ruslar (как две капли воды), fransuzlar (comme deux gouttes dʼeau), hatto ispanlar (como dos gotas de agua) ham shunday fikrlaydi.

Boshqalarda-chi? Ular suvga emas, koʻproq meva va sabzavotlarga murojaat qilishar ekan:

🥚 Nemislar: “Tuxum tuxumga oʻxshaganidek” (Wie ein Ei dem anderen);

🌱 Inglizlar: “Qoʻzoqdagi ikki dona noʻxatdek” (Like two peas in a pod);

🍒 Shvedlar: “Xuddi ikkita rezavor meva kabi” (Lika som två bär).

🍎 Turklarda-chi?

Qardoshlarimizda bizga juda tanish va chiroyli oʻxshatish bor: “Bir olmaning ikki yarmi” (Bir elmanın iki yarısı).

Turklarning bu iborasi Ortiq Otajonovning mashhur qoʻshigʻini esga soladi:

Bir olmaning ikki yuzi –
Biri sensan, biri men.


Ozarboyjon xalq shoiri Baxtiyor Vahobzoda qalamiga mansub bu satrlarga ana shu xalqona ibora singib ketgan.

Qissadan hissa:

Tarjima – shunchaki soʻzlarni oʻgirish emas. Agar inglizchadagi noʻxatni yoki shvedchadagi rezavorni oʻzbekchaga aynan oʻgirsangiz, kitobxon kulib yuborishi tayin. Shu bois ularni koʻpincha oʻzimizning “ikki tomchi suv”ga almashtirishga toʻgʻri keladi.

Lekin kitobxon yaxshi anglaydigan, madaniyatimizga yaqin oʻrinlarda asliyatni saqlab qolish ham mumkin. Masalan, “bir olmaning ikki yuzi (yarmi)” kabi iboralardan oʻzbek oʻquvchisi yotsiramaydi, oson qabul qiladi. Bu esa oʻquvchi uchun olamni koʻrish va idrok qilishning yangi eshiklarini ochadi.

Zakovatchilarga bu maʼlumotdan qanday savol tuzishni aytishim shart boʻlmasa kerak-a 😉


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
1
Orif Tolib
Qoʻzoq
“Qoʻzoq” nima degani?

Oldingi postda inglizlarning “Qoʻzoqdagi ikki dona noʻxatdek” iborasini keltirgan edim. Shu oʻrinda qoʻzoq va unga maʼnodosh soʻzlar haqida qisqacha maʼlumot.

Tilimizda oʻsimliklarning doni turadigan qobiqni ifodalovchi bir qancha soʻzlar bor:

🫛 Qoʻzoq

Bu – noʻxat, loviya, mosh kabi oʻsimliklarning doni turadigan poʻsti: loviya qoʻzogʻi, noʻxat qoʻzogʻi. Soʻzning qovzoq shakli ham bor.

Uning yana bir nomi bor – dukkak. Dukkakli oʻsimliklar atamasi shu soʻzdan olingan: mosh dukkaklari.

🌾 Qovuz

Bu soʻz asosan tariq, sholi kabi donli oʻsimliklarning poʻstini anglatadi. Lekin uning xalqimiz turmush tarziga bogʻliq ikkinchi, juda iliq maʼnosi ham bor.

Qovuz (yoki qovuzoq) beshikning tagiga solinadigan, ichiga tariq poʻsti (qovuzi) toʻldirilgan maxsus toʻshakchani bildiradi. U namlikni oʻziga yaxshi tortgani uchun chaqaloqning tagi quruq turishini taʼminlagan:

Karima beshik asboblarini qovuzoqdan to sumakkacha koʻzdan kechirib qoqdi.
Mirmuhsin, “Jaholat panjasi”.

📌 Demak:

Loviya va noʻxatning poʻsti – qoʻzoq (dukkak).

Tariq va sholining poʻsti – qovuz.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muhrim / Муҳрим
Kuzda to‘rt egizak qizaloqli bo‘lgan Qashqadaryodagi oiladan reportaj tayyorlabdi Kun.uz. Bungacha bu oilaning besh qizi bo‘lgan.

Bu oilaga ko‘mak bermoqchi bo‘lganlar uchun plastik karta raqamlari:

9860 1201 3598 3167 (Jasur Markaev — egizaklarning otasi)
5614 6820 3970 9441 (Dilfuza Baxriddinova — egizaklarning onasi)
Vitaminda “jir” bormi?

Jiri yoʻq ekan, jir bitibdi degan iboralarni eshitgansiz. Ular semirish, yogʻ toʻplash yoki boyish maʼnosida keladi. Dehqonlar hosildorligi kamaygan yer haqida jiri qolmabdi deydi.

Abdulla Qodiriy “Obid ketmon”da yozadi:

– Yetmish ikki hunaring bor, lekin xumchangda besh paysa jiring yoʻq!

Yaʼni hunaring boʻlsa-da, xumchangda yogʻ yoʻq, och-nahorsan.

Ruscha жир (yogʻ) soʻzi tilimizga oʻzlashgan. Lekin uning tarixi kutilmagan burilishlarga boy. Keling, Sherlok Holmsdek izquvarlik qilib, soʻzning izidan tushamiz. 🕵️‍♂️

1️⃣-fakt. Yogʻ – yemish va boylik

Ruscha жир soʻzi qadimgi slavyan tilidagi žirъ oʻzagidan olingan. Qadimda bu soʻz yogʻni emas, yemish, oziq yoki boylikni anglatgan.

2️⃣-fakt. Kutilmagan burilish

Bu soʻzning ildizi bizni qadimiy hind-yevropa tilidagi gʷeyh₃ oʻzagiga olib boradi. Uning maʼnosi nima deng? Yashamoq!

Ruschadagi живой (tirik), жить (yashamoq) kabi soʻzlar ham ana shu ildizdan oʻsib chiqqan.

Kalavaning uchi topildi. Qadimgi hind-yevropa oʻzagidan yasalgan soʻzlar dunyo boʻylab tarqab ketgan. Ular orasida mashhurlari ham bor:

💊 Vitamin – lotincha vita (hayot) soʻzidan.

🧬 Biologiya – yunoncha bios (hayot) soʻzidan.

🇮🇹 Viva! – “Yashasin!” degani. Mashhur Viva Italia (Yashasin Italiya) yoki Viva la vida (Yashasin hayot) iboralari aynan shu o‘zakdan.

🇬🇧 Quick – inglizchada tez degani, lekin qadimda tirik maʼnosida qoʻllangan.

Soʻzlar olami sir-sinoatlarga toʻla. Qarang, bugun yogʻ, semizlik maʼnosidagi soʻz salomatlik va sogʻlom turmushni eslatadigan vitamin soʻzi bilan qarindosh boʻlib chiqdi!


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
1