Kichik tarjimayi hol
Orif Tolib 1987-yili Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanidagi Qumbosti qishlogʻida tugʻilgan. 2009-yili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini tugatgan.
2011-yili Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi bilan “Uchrashuv” nomli kitobi chop etilgan.
Sheʼr va hikoyalari, adabiy-tahliliy maqolalari markaziy nashrlarda eʼlon qilingan.
2019-yildan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.