Kechagina yozilganga oʻxshaydi
Mashhur fantast adib Rey Bredberining “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” romani kitobsiz jamiyat haqida hikoya qiladi. Faqat koʻngilochar mashgʻulotlar bilan ovora, qulogʻi turli musiqa-yu yallalar, koʻzi televizorga band boʻlgan odamlarni nimalar kutadi? Ular tez orada oson boshqariladigan, his va tafakkurdan uzoq, turish-turmushi isteʼmolchilikdan iborat ommaga aylanadi-qoʻyadi. Shu maʼnoda, Rey Bredberining ushbu asari kechagina yozilganga oʻxshaydi.
Televizor koʻradiganlarni kitob oʻqiydiganlar boshqaradi degan gapni oʻqigan-eshitgan boʻlsangiz kerak. Salohiyatli har qanday kitob bizni qaysidir jihatdan oʻstirishi aniq. Rey Bredberining “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” romani shunday asarlardan. U bizni hayotga boshqa rakursdan nazar solishga oʻrgatadi.
Kitobni oʻzbekchada oʻqimoqchi boʻlsangiz, Asaxiy Booksʼdan topasiz:
👉 http://asaxiy.uz/u/63c278a9d20d9
@oriftolib

“Zero” nima degani?
Bu soʻzni asosan ilmiy, badiiy va publisistik matnlarda uchratamiz. Kitobiy uslubga xos.
Zero forschadan oʻzlashgan, oʻzbekchada chunki, negaki maʼnosiga ega.
Ergashtiruvchi bogʻlovchi vazifasida keluvchi bu soʻzdan soʻng vergul qoʻllash koʻp uchraydi. Hatto izohli lugʻat ham aksariyat oʻrinlarda vergul ishlatgan. Lekin bu xato.
⚠️ Nimasi xato?
Bogʻlovchilardan soʻng vergul qoʻyilmaydi. Masalan, zero soʻzining vazifadoshi chunki soʻzidan soʻng vergul ishlatmaymiz:
Ilmga intilishimiz kerak, chunki najot faqat ilm-maʼrifatda.
Chunki najot faqat ilm-maʼrifatda.
Birinchi jumlada vergul ikki sodda gapni ajratish uchun qoʻllanyapti.
☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?
Zero bogʻlovchisidan keyin ham vergul qoʻllamaslik kerak:
Ilmga intilishimiz kerak, zero najot faqat ilm-maʼrifatda.
Zero najot faqat ilm-maʼrifatda.
Hamma shunday yozyapti-ku, deyish yo koʻz oʻrgangan narsani maʼqullayverish dalil emas, xatoda davom etishga sabab xolos.

U uni asabiylashtirardi...
Ingliz, rus yoki boshqa bir slavyan tilidan oʻzbek tiliga matn tarjima qilganda yosh tarjimonlarda koʻp uchraydigan xatolardan biri asl tilda rod bilan (he/she, on/ona, il/elle) ifodalangan olmoshlarning hammasini u deb tarjima qilishdir. Grammatik jihatdan hech qanday xato yoʻq, lekin oʻzbek kitobxoni oʻqiganda tushunmovchilik boʻladi.
He irritated her/ Он раздражал её degan gapni oʻqiganimizda oʻgʻil bola/erkak kishi qizning/ayolning asabiga tekkanini tushunamiz, lekin oʻzbek tiliga U uni asabiylashtirardi deb tarjima qilsak, kim kimning asabiga teggani uncha ochiqlanmaydi-da. Bunday oʻrinlarda oʻsha qahramonlarning ismini, agar ismi hali nomaʼlum boʻlsa, jinsini koʻrsatib ketganimiz maʼqulroq boʻladi. Masalan, Yigit Letitsiyani asabiylashtirardi yoki hech boʻlmaganda U qizni asabiylashtirardi kabi.
Shoshmasang-chi sahifasidan

Axaltaka otlari haqida
Milliy ensiklopediyaga koʻra, axaltaka – salt miniladigan qadimiy ot zotlaridan biri. Salt minish arava qoʻshmay, yuksiz minishni anglatadi.
Bu ot zotini Janubiy Turkmanistondagi Axaltaka vohasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi. U poygada 1000 metr masofani 1 minut 05 sekundda bosib oʻtadi.
2012-yili dunyoda 6600 ta axaltaka oti borligi aniqlangan.
Bu ot nomi “Manas”, “Qoʻrqut ota” kabi xalq dostonlarida ham tilga olingan.
Axaltaka soʻzi taka qavmi yashaydigan voha degan maʼnoga ega.
Taka yoki teke turkman qabilalaridan birining nomi. Bu qavm XIX asrning boshida boshqa turkman qabilalari bilan aralashib, turkman xalqi tarkibiga singib ketgan.
❗️ Axaltaka soʻzini oʻzbekchada axaltekin yoki axalteke shaklida yozish uchrab turadi. Birinchisi rus tili taʼsirida boʻlsa, ikkinchisi turkmancha sababli. Lekin bu soʻz oʻzbekchada axaltaka shaklida qoʻllanadi. Eʼtiborli manbalar, masalan, milliy ensiklopediyada soʻz ayni shaklda berilgan.

Oʻqiladigan kitoblar
Xadradagi “Azon kitoblari” doʻkoni tomonga yoʻlim tushib qoldi. Shoshayotganim uchun oldin moʻljallab qoʻygan kitoblarimnigina sotib oldim:
“Dunyoni tebratgan 7 buyuk”
“Gʻoyam”
“Alvido, Vatan!”
Oʻlsang kim yigʻlaydi?
“Azon kitoblari” yaxshi asarlarni nashr etyapti. Xudo xohlasa, bu kitoblardan keyin boshqalarini ham sotib olaman.
👉 Hozir aksariyat nashriyotlarning telegram kanallari bor. Oʻshalardan kerakli kitoblarni tanlab, sotib olish mumkin. Bevosita nashriyotdan olish arzonga tushadi. Tejalgan pulga yana boshqa kitob xarid qilish mumkin. Vaqtingiz kam boʻlsa, yetkazib berish xizmati ham bor.
❇️ Ora-orada doʻst va yaqinlarga kitoblar hadya qilib turing. Ham ilm ulashasiz, ham quvonch.
Yuqoridagi kitoblarni oʻqiganlar bormi? Taassurotlaringiz haqida izohlarda yozing.

Toʻgʻridan-toʻgʻrimi yoki toʻgʻridan toʻgʻri?
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda eng koʻp adashiladigan va tortishiladigan mavzu haqida gap boradi. Bahslarning asosiy sababi: sarlavhadagi kabi soʻzlarning yozilishi kirildan farqlanadi.
👉 https://youtu.be/9EkN5p22k7o

Bir toifa paydo boʻlgan: farosatini ancha oldin yoʻqotib qoʻygan, ichi nafratga toʻla. Shu holatini erkinlik, liberallik deb biladi. Goʻyo ular hammaga oʻrnak, jamiyatning yoʻlboshchisi, lokomotivi. Oʻrnakka boshqalar misol qilinsa, tutaqib, boʻzarib-gezarib ketadi.
Faqat oʻzingizga, nafsingizga emas, jamiyatga keltirayotgan real foydangiz bilan zoʻrligingizni koʻrsating. Hozirgi holatingiz – masxarabozlik xolos.
#Kundalikdan

“Tomonidan”ning tomonlari
Tildagi har bir soʻz yoki iboraning oʻziga yarasha vazifasi bor. Biroq oʻrinsiz ishlatsangiz, hatto eng zalvarli soʻz, ibora yoki jumlani ham obroʻsizlantirib qoʻyish mumkin.
Tomonidan soʻzini oʻrinsiz ishlatish koʻp uchraydi. OAV va kitoblardan shu soʻz qatnashgan majhul nisbatdagi jumlalarni qidirib koʻring, bunga oʻzingiz ham amin boʻlasiz:
Olimlar tomonidan koronavirusning uchta yangi alomati aniqlandi.
⚠️ Nimasi xato?
Gapda harakatning bajaruvchisi koʻrsatilgan boʻlsa, majhul nisbat qoʻllamaslik kerak. Majhul nisbatdagi gap uzun va mujmallikka moyil boʻladi.
☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?
Aniq nisbatda berish kerak:
Olimlar koronavirusning uchta yangi alomatini aniqladi.
Gap loʻnda, tushunishga oson va oʻquvchiga yengil yetib boradi. Hech kimning “tomon”iga ehtiyoj yoʻq.
👉 Bu shakldagi jumlalar urf boʻlishining sabablaridan biri – tarjima tiliga yoki oʻzi yaxshiroq biladigan tilga taqlid. Rus va ingliz tillarida ish-harakat bajaruvchisini majhul nisbatda berish juda koʻp kuzatiladi. Biroq bunday gap tuzilishi oʻzbek tili tabiatiga teskari.
📌 Demak:
Men aytgan gapni tushundingiz-a? ✅
Aytganlarimni tushundingiz-a? ✅
Men tomonimdan aytilgan gapni tushundingiz-a? ❌

✅ Qay biri toʻgʻri?
Es-hushidan ozgan; vasvasaga tushgan, savdoyi – ...

Anonymous Quiz
24%
Vasvos
64%
Vosvos
12%
Ikkovi ham toʻgʻri.
✅ Qay biri toʻgʻri?
Atay _____________ qilib, jahlini chiqarishga urinardi.
Atay _____________ qilib, jahlini chiqarishga urinardi.
Anonymous Quiz
12%
Tegajaklik
79%
Tegajogʻlik
10%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Xolis yordamingizdan Alloh rozi boʻlsin
Suratda koʻrib turganingiz – Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi Qumbosti qishlogʻining yoʻllari. 29 yil oldin shu koʻchalardan yurib maktabga borganman. Birinchi kun dala yoʻlda oyogʻim loyga botib qolgani bilan xotiramga muhrlangan. Qish kunlari ertalab tarasha boʻlib qotib turgan koʻchalar tushda atalaga oʻxshab qolar, etiklarimiz yerga chippa yopishib, uyga yetib olishning oʻzi katta sinovga aylanardi.
Undan keyin qancha suvlar oqib oʻtdi. Qishloqda 1989-yili asfalt boʻlgan markaziy koʻchalar ham bugun yaroqsiz holga kelib ulgurdi. Qishloq kengaydi. Tuproq koʻchalar koʻpaydi. Bolalar bugun ham shu koʻchalardan maktabga qatnayapti. Qishli-qirovli, yogʻin-sochinli kunlarda goʻdaklar, yoshi kattalar qanday yoʻl yurishini tasavvur qilavering.
Qishloqdan ketganimga 18 yil boʻlibdi. Lekin yuragimning bir parchasi shu yerda qolgan, bu yerda ota-onam, yaqinlarim, mehnatkash, samimiy qishloqdoshlarim yashaydi.
Openbudgetʼga qishlogʻimizdagi uchta mahalla yoʻllarini asfalt qilish tashabbusi kiritilgan. Quyida shulardan birining havolasi berilyapti. Yoʻl qurish ham sadaqayi joriya. Yaʼni odamlar shu yoʻldan foydalanar ekan, bunga sababchi boʻlganlarga uning savobi yetib turadi. Agar boshqa rejangiz boʻlmasa, shu tashabbusga ovoz bering. Savobli ishga hissangiz qoʻshiladi. Haqqingizga avvalo oʻzim duo qilaman, jamoatdan ham duo olib beraman.
Xolis yordamingizdan Alloh rozi boʻlsin.
Mana bu yerda SMS orqali ovoz berasiz:
👉 https://openbudget.uz/boards-list/1/9919f594-de84-4656-be26-9f74ae5306b5

30%
Eshikni tanbaladi.
56%
Eshikni tambaladi.
14%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Sumalak, halim, sayil, somsa – bu soʻzlarning asl maʼnosi nima?
Yurtimizda Navroʻz. Maʼnosi “yangi kun” boʻlgan ushbu bayram chindan-da yangilanish, yasharish ayyomi. “Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida Navroʻz va bahor bilan bogʻliq baʼzi soʻzlarning kelib chiqishi, maʼno-mazmuni haqida soʻz yuritdim.
Sumalak sermalakmi?
Halim yumshoqligi uchun “halim”mi?
“Sayil” va “sayr”ning asli bir
Doshqozon toshqozon emas
Qaldirgʻoch bilan koʻrshapalak qarindoshmi?
Darveshona – bahorgi tozalov
Somsa – tishning “oʻpichi”
Toʻliq oʻqish:
👉 http://dy.uz/sV8oU

69%
Bugʻdoy ivitildi.
14%
Bugʻdoy uvitildi.
17%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Sumalak sermalakmi?
Undirib yanchilgan bugʻdoy, un va yogʻ aralashmasidan tayyorlanadigan, vitaminlarga boy, xushxoʻr holvaytarsimon bu taomning paydo boʻlishi bilan bogʻliq bir nechta rivoyatlar bor. Ana shu rivoyatlarlar taʼsirida baʼzan sumalak soʻzining kelib chiqishini si malak – oʻttiz malak, sermalak – koʻp malak kabi soʻzlarga bogʻlashadi. Lekin bu xato. Bundan oʻn besh yilarcha burun Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjondan bu soʻz turkiycha ekani, “Devonu lugʻatit turk”da suma soʻzi bugʻdoy deb taʼriflangani, sumalak soʻmali, yaʼni bugʻdoyli ovqat maʼnosini anglatishini eshitib, hayron qolgandim. Keyin manbalarni oʻrganib, bunga oʻzim ham amin boʻldim, turli olim va tadqiqotchilarning fikrlari ham ayni maʼlumotni tasdiqladi: sumalak sumaliq soʻzining oʻzgargan shakli.
Mahmud Koshgʻariy suma soʻzini ivitilgan bugʻdoy deb izohlaydi va sharbat uchun qilingan, undirilgan arpaga ham shu soʻz qoʻllanishini aytadi. Sumalakda ivitib undirilgan bugʻdoy ishlatilishini hisobga olsak, sumalak aynan shu suma soʻzidan yasalgani oydinlashadi.
Qadimgi turkiy tilda -liq qoʻshimchasi bilan boshqa taomlar nomi ham yasalgan. Yodingizda boʻlsa, shashlik soʻzi sishliq – shishliq – shashlik shaklida oʻzgargani haqida ham aytgan edik.
Sumalak forcha samanu, sumanak soʻzidan hosil boʻlgan degan qarash ham bor.