
Atoqli gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadze oʻzbek oʻquvchilariga yaxshi tanish. Uning “Nishonga tegmagan oʻqlar” (“Kukaracha”), “Abadiyat qonuni”, “Qoʻrqmang, onaginam”, “Oq bayroqlar”, “Ellada” (“Hellados”) kabi asarlari allaqachon kitobxonlarning koʻngil mulkiga aylangan. Dumbadze ijodiga kuchli insonparvarlik, oqibat, mehr-muhabbat tuygʻulari singib ketgan.
Adibning bir qancha asarlarini taniqli tarjimon Nizom Komil oʻzbekchaga mahorat bilan oʻgirgan.
Nodar Dumbadze ijodiga boʻlgan mehr va havas meni ham tarjimaga undadi. Eʼtiboringizga havola etilayotgan – “Yuragimning bir parchasi” (“Krov”) hikoyasida yozuvchi mehr-oqibat haqida kuylaydi, nozik chizgilar yaratadi.
Tarjimon
2008
Nodar Dumbadze
YURAGIMNING BIR PARCHASI
(Qon)
Joʻka daraxtining ostida boshini quyi solgancha buzoqchalarining arqonini ushlab yaltirbosh bolakay oʻtiribdi. Yoshovsiragan koʻzlarini loy-balchiq qotib qolgan yalang oyoqlariga tikib oʻy suryapti: “Bu chol dadamning xuddi oʻzi! Oppoq sochlari… Qop-qora qoshlari… Keng burni… Chiroyli koʻzlari… Ovoziyam mayin, shirali… Koʻzimni yumib tursam tovushidan dadam deb oʻylayman!..”
Bola koʻzlarini yumdi.
– Men shuning uchun sizni bezovta qildim, azizim Kishvardi… Ortiq darmonim qolmadi. Umuman qoʻldan chiqib ketdi bu yaramas. Boshqa bolalarni qarang, kitobdan bosh koʻtarmaydi. Bu boʻlsa, kechasiyu kunduzi mana shu buzovlari bilan birga. Uchinchi chisloda nima qilganini bilasizmi? Gospodze bilan birga foydalanadigan umumiy qudugʻimizga xumday tarvuzni uloqtiribdi! Mana, bir haftadan beri ikkita xonadon suv oʻrniga sharbat ichib oʻtiribmiz!..
– E Xudoyim-yey! Shunaqami, oʻgʻlim?! Mayli, siqilmang, azizam Yuliya. Men uni Guriyaga opketaman, chinorning uchiga oyogʻidan osib qoʻyaman. Qoʻyday yuvosh boʻlib qoladi!
– Uni qayeridan osasiz bilmadim-u, lekin bir gap xayolimga keldi: onasining juda baxti kulgan ekan – bu yaramasni koʻrmay oʻtib ketdi. Aytganday, otasiniyam baxti kulgan…
– Nima deb oʻylaysiz, qadrdonim Yuliya, uni eplay olarmikanman?
– Bilmayman, hech baloni bilmayman… Oʻzingiz oʻylab koʻring: yaqinda uni tegirmonga yuborgandim. Bir pud[1] saralangan makkajoʻxori opketib, besh qadoq[2] un bilan qaytib keldi, maraz. Qolgan unni Valiko Kuxalashivlining sayoq arzandalariga olib borib bergan, menimcha. “Ular koʻpchilik, och-nahor oʻtirishibdi ekan”, deydi. Eh, tavba-yey!
– E Xudoyim-yey! Shunaqami, oʻgʻlim?!
– Bu hali holvasi! Burungi kuni Kukuri Ugulava degan betayin oʻrtogʻi bilan oʻzining geografiya oʻqituvchisi Datiko Sveravaning bogʻiga oʻgʻirlikka tushibdi. Xayolinggayam sigʻdirolmaysan odam!.. Shaftoli terishib, tovuqqa almashtirib kelishibdi! Eh, tavba-yey!
– E Xudoyim-yey! Shunaqami, oʻgʻlim?!
– Ha, namuncha “shunaqami”, “shunaqami” deb takrorlab qoldingiz! Nima, meni aldayapti deb oʻylayapsizmi?
– Nega endi, nega endi, azizam Yuliya! Men boshqa maʼnoda… Nahot uni bu yoʻldan qaytarib boʻlmasa?! Nahot diydasi qotib boʻlgan boʻlsa?!
– Yoʻq, nima deyapsiz… Uni qutqarish mumkin, albatta. Ammo bunga mening qurbim yetmaydi. Buning uchun erkak kishining qattiq qoʻli kerak. Peshanamda bundan tashqari yana ikkitasi bor – Zurab bilan Vaxtang, Koliginamning bolalari, ular sal tuzuk. Ana, mollarini oʻtlatib qaytib kepti. Qarang, turishidan maʼlum, oʻzi, qanaqaligi.
– Ha-a-a… Nima desam ekan sizga, azizam Yuliya. Ota-onasi hayotlik paytida meni bolaga zigʻirchayam yaqinlashtirmasdi. Men unga begonaman, tushunyapsizmi, begona!..
– Bunday demang, azizim Kishvardi. U nima qilsayam oʻgʻil bola, erkak bilan erkakning til topishishi osonroq… Buning ustiga u naslingiz davomchisi…
– Ha, albatta… Oʻqishlari qanaqa uning, azizam Yuliya?
– Him!.. Oʻz oʻqituvchisining bogʻiga oʻgʻirlikka tushgan, “Dekameron” degan uyat kitob uchun oʻz buvisining kumush qoshiqlarini sotib yuborgan bolaning oʻqishi haqida nima deyish mumkin?! Bir oʻylab koʻring-chi, azizim Kishvardi!
– Shunaqami, oʻgʻlim?! Boʻldi! Uni Guriyaga opketaman, chinorning uchiga oyogʻidan osib qoʻyaman!
– Buni qarang, biz uning tashvishini chekayotibmiz, pinaginiyam buzmaydi-ya! Kimga gapiryapsan demaydi!
Bola joʻka daraxtining ostida koʻzlarini yumib oʻtirar va oʻylardi: “Bechora Yuliya buvim charchadi. Oldin ovozi qanaqangi yoqimliydi, hozir shangʻillaydi. Yo menga shunaqa tuyulyaptimikan? Anavi kishi – bobom shekilli – shoshmasdan, yoqimli ovozda gapiryapti… Ha, koʻrinib turibdi, buvim charchagan. Agar meni hozir anavi kishi bilan – bobom shekilli – joʻnatib yubormaganida edi, uni hech qachon qiynamagan boʻlardim. Qaniydi… Qaniydi…”
– U yetim, azizam Yuliya… Faqat jazolash yaramaydi, mehr ham kerak.
– Yetimdan yetimning farqi bor! Keragicha mehr koʻrsatdim, qani bilsa! Mehrmish-a…
– Shunaqami, oʻgʻlim?! Men uni Guriyaga opketaman, oyogʻini osmonga qilib osib qoʻyaman… Qachon olib ketishim kerak, azizam Yuliya?
– Hoziroq! Tayyorlanishiga hech qancha vaqt ketmaydi.
– Shunaqa deng… Hech balosi yoʻq-da, a?
– Oʻtgan yili Avchaladan qanday olib kelgan boʻlsam shunday yuribdi, azizim Kishvardi… Nima, shohona sarpo qilib berishim kerakmi?
– Bechora bolam…
– Yoʻl oldidan ovqatlanib olsalaring boʻlardi, azizim Kishvardi…
– Ha yoʻq, ovora boʻlmang, azizam Yuliya… Samtrediada tamaddi qilib olamiz, u yogʻiga Xudo – poshsho.
– Ixtiyoringiz… Oq yoʻl sizga. Xizr yoʻldoshingiz boʻlsin!..
– Xudo quvvat bersin, azizam Yuliya!..
– Aytmoqchi, mana bularni ham olvoling.
– Nima bu?
– Uning hujjatlari. Sentyabrda uni maktabga olib borsangiz kerak. Shunga kerak boʻladi. Toʻrtinchi sinfga oʻtdi… Maʼlumotnomasida xato ketib qolgan: Lomjariya Nodari oʻrniga Lomjariya Nadiri[3] deb yozishibdi. Menimcha, bu xatoyammas, aslida, toʻgʻri yozishgan.
– Shunaqami, oʻgʻlim?! Men uni Guriyaga opketaman, chinorning uchiga oyogʻidan ilib qoʻyaman…
– Qayeridan ilsangiz iling, bu yerda ortiq koʻzimga koʻrinmasa boʻlgani.
– Oyogʻidan ilaman, oyogʻidan…
– Xudo quvvat bersin.
– Uni shunday koʻyga solayki, holiga maymunlar yigʻlasin.
– Xoʻp, xayr boʻlmasa, azizim Kishvardi.
– Yaxshi qoling, azizam Yuliya.
Ushbu oldi-berdi marosimi 1938 yil avgust kunlarining birida, tush payti Xoni qishlogʻida Nodar Lomjariyaning imeretiyalik buvisi, aniqrogʻi, onasining onasi qadrli Yuliya Mikeladze va guriyalik bobosi, aniqrogʻi, otasining otasi janob Kishvardi Lomjariya oʻrtasida boʻlib oʻtdi.
Bir soatdan soʻng bola, aniqrogʻi, 1928 yilning 14 iyulida Tbilisi shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan Nodar Lomjariya tandirday qizigan tuproq yoʻl boʻylab bobosining ortidan xuddi arqonlangan buzoqqa oʻxshab gʻamgin sudralib borardi…
***
Bobo bilan nevara Xonidan Kulashigacha foytunda, Kulashidan Samtrediaga uzunaravada yetib olishdi. Keyin tamaddi ham qilmasdan Choxatauridan oʻtadigan choy fabrikasining yuk mashinasiga chiqishdi. U yerdan Intabuyeti qishlogʻigacha piyoda ketdilar.
Bobo oldinda, nevara orqada. Bobo keksalarga xos xasta tovushda yoʻtaldi, ihradi. Qarshidan kelayotgan yoʻlovchini koʻrib jim qoldi, taʼzim qilib salomlashdi. Soʻng biroz turdi, keyin yana yoʻtaldi, ihradi. Gohida u bolaga sassiz tikilib qolardi. Bu qarash xuddi soʻnggi zurriyodini yoʻqotishdan qoʻrqqan qari otning qarashiga oʻxshaydi.
Bola qadam tashlar va oʻylardi: “Bechora chol nimjon, kasalmand, zoʻrgʻa, qiynalib nafas oladi, doʻppisining ham rangi oʻchib ketgan… U meni daraxtga oyogʻimdan osib qoʻymoqchi… Bu chol – mening bobom. Dadamning dadasi. Bobom! Uning ortidan ergashib borishga meni nima majbur qilyapti? Xuddi qulga oʻxshab indamay, hoʻshshayib ketyapman. Ikki marta sakrasam – tamom! Nima meni ushlab turibdi? Charchab, ochqab, issigʻu chanqovdan oʻlgiday boʻlsam ham qochib ketmayman. Nega? Bu kuchning nomi nima?”
– Nimalar haqida oʻylayapsan, oʻgʻlim? – dedi chol toʻsatdan oʻgirilib.
– Hech narsa haqida oʻlayotganim yoʻq! – dedi dovdirab qolgan bola.
U hamma narsani kutgandi, lekin bunaqa savolni emas.
Chol yoʻlning chekkasiga borib oʻtirdi. Yoʻtalib, nafasini rostlab olgach bolaga tikildi, keyin barmoqlarini bukib sanashga tushdi: 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38.
– Yigirma sakkizinchi yili tugʻilganding. Hozir oʻttiz sakkizinchi yil. Demak, oʻn birga kiribsan… Kap-katta yigit boʻp qolding… Qanday qilib hech narsa haqida oʻylamasliging mumkin? Yo oʻz bobongdan yashirasanmi?
– Yoʻq, bobo, hech narsa haqida oʻylaganim yoʻq, – deb yolgʻonladi bola.
– Oʻylashni boshlaydigan vaqting kelgan, oʻgʻlim, vaqting kelgan.
Chol yoʻtalib, inqillab turdi-da yoʻlida davom etdi. Bola bobosining ortidan xuddi yuki ogʻir aravaday boshini egib, qulogʻini ding qilib qadam tashlardi…
***
Bola – oftobda qoraygan, sochlari hurpaygan – chinor tagida belkurakka suyanib turibdi, koʻzlarini loy-balchiq qotib qolgan yalang oyoqlariga tikkancha oʻy suryapti: “Bir yilning ichida butkul qarib, munkayib qolibdi. Yuzida ajin toʻla. Ovozi qanaqadir boʻgʻiq. Lekin baribir u mening ayamga – yosh, chiroyli, muloyim, koʻzlari qop-qora, mehribon ayamga oʻxshaydi. Qadam tashlashiyam, ovoziyam… Koʻzimni yumib tursam tovushidan ayam deb oʻylayman!..”
Lekin bola koʻzlarini yummadi. Qoʻrqib ketdi.
– Tinchimni yoʻqotdim, azizim Kishvardi! Onasining bezovta nigohi oʻngimdayam, tushimdayam namoyon boʻlyapti… Vijdonim esa har qadamda tergaydi… Uni olib ketgan kuningizdan beri yuragim sugʻurib olinganday tentirab yuraman… Bolani menga qaytaring, azizim Kishvardi!..
– Him… U sizdan olgan vaqtimda bola edi. Hozir – kap-katta yigit, hamma narsani oʻzi hal qiladi. Agar siz bilan ketishni istasa men hech qanday qarshilik bildirmayman.
– U mendan xafa… Meni u bilan yarashtira oladigan yagona odam sizsiz, azizim Kishvardi…
– Axir unga oʻxshaganlardan sizda yana ikkita bor-ku, qadrdonim Yuliya… Hech boʻlmasa bittasini menga qoldiring!
– Nahot gap sonda boʻlsa?! Oʻnta boʻlsa oʻrni, qirqta boʻlsa qiligʻi boshqa. U mening jondan aziz nabiram, axir, qadrdonim Kishvardi!
– Shundaylikka shunday-ku-ya… Lekin men nima qilishim kerak? Axir oʻlimimdan keyin avlodimizni davom ettiradigan yagona merosxoʻrim u…
– Men axir uning familiyasini oʻzgartirmoqchi emasman-ku! Mayli, qolgan ikkita nevaramniyam Lomjariya familiyasiga oʻtkazaman. Lekin uni menga qaytaring, iltimos.
– Demak, bolani olib ketgani kelibsiz-da, azizam Yuliya?!
– Narigi dunyoga gunoh bilan ketishimga yoʻl qoʻymang! U yerda onasining koʻziga qanday qarayman?!
– E, azizam Yuliya, Xudo bilar kim oldin ketar. Agar men sizdan oldinroq oʻlsam, onasi bilan dadasining koʻziga qanday qarayman?
– Xudo umringizni uzoq qilsin, azizim Kishvardi.
– Bola men uchun hamma narsa, mening jonu jahonim u. Dalam ham, uzumzorim ham, tegirmonim ham, qabrtoshim ham mana shu bola… Yoʻq, istasangiz meni oʻldiring, lekin uni sizga bermayman!
– Boʻlmasa, men oʻzimni oʻldiraman. Hoziroq, koʻzingizning oldida!
– Xudo xayringizni bersin, azizam Yuliya, nimalar deyapsiz!.. Buving bilan ketasanmi, oʻgʻlim?
– Koʻnglidagini ayta olarmidi… U sizdan iymanyapti!
– Shunaqami, oʻgʻlim?!
– Unga onaning mehri kerak, azizim Kishvardi! Oq yuvib, oq tarash zarur. Siz onasining oʻrini bosa olarmidingiz?..
– Nimalar deyapsiz… Men unga shu paytgacha, Xudoga shukr, yomon qaramadim… axir sizni biror marta boʻlsin yordamga chaqirmadim-ku…
– Siz haqsiz, mutlaqo haqsiz, azizim Kishvardi. Lekin baribir… Bolaning oyoqlarini uyqudan oldin yuvish kerak, maktabiga yugurish kerak… Bular erkaklarning ishi emas!..
– Bizning maktabda uni birov xafa qilgani yoʻq… Unaqa narsalar sizlarning maktablaringda edi, bolani yovvoyiga chiqarishgandi, esingizda boʻlsa, siz ham ularning fikriga qoʻshilgan edingiz… U umuman yovvoyi emas.
– Nega oʻshanda tilim uzilib tushmadi ekan-a!
– U mening qoʻlimda farishtaga aylanib qolmagan, shaftoli oʻgʻirlashniyam tashlagani yoʻq…
– Mayli, oz-moz oʻgʻirlasa hechqisi yoʻq, quyilib qolar!
– Yo endi un ulashmay qoʻydi deb oʻylayapsizmi?
– E, un undan aylansin! Hamma narsam uniki, menga desa xonumonimga oʻt qoʻyib yubormaydimi – gʻiring demayman!
– Chekyaptiyam, yaramas!
– Shunaqami, oʻgʻlim?!
– Siz, mana, mendan soʻrang! Tamaki xaltamniyam, hamyonimniyam ship-shiydam qildi!
– Mayli, sogʻlik uchun oz-moz chekib tursa hechqisi yoʻq. Axir oʻzingiz aytdingiz-ku – u endi kap-katta yigit!
– Yana bir oy sabr qiling. Pilla tutganim uchun mukofot puli olaman, bolani kiyintiraman… Axir bunaqa juldurvoqi ahvolda siznikiga ketmaydi-ku!
– Siz faqat ruxsat bering. Kiyim, poyabzal olib berish – mening ishim! Oʻzimnikini yechib boʻlsa ham unga kiydiraman!
– Him, sizning kiyimlaringiz unga rosa loyiq tushadi!
– Sizga hazil-mazax boʻlsa! Mening esa yuragim qon boʻlib ketyapti!
– Axir, aytdim-ku: u allaqachon kap-katta yigit boʻlgan. Oʻzi hal qilsin!
– Siz – uning uchun avliyo darajasidasiz, nima desangiz ishonadi, nima qil desangiz qiladi… Ayting unga, azizim Kishvardi!..
– Xudodan qoʻrqsangiz-chi, azizam Yuliya. Axir qanday qilib oʻz jigarbandimga, tomirida qonim oqib turgan bolaga uyimdan ket deb ayta olaman?!
– Nima, men unga begonamanmi? Axir u mening ham jigarbandim, yuragimning bir parchasi. Xudo biladi, bir yil umrim qoldimi-yoʻqmi. Oʻtinaman sizdan, ajalimdan besh kun burun oʻldirmang, bolani menga baxshida qiling!
– Azizam Yuliya!
– Oldingizda tiz choʻkaman, tiz choʻkaman!..
– Nimalar qilyapsiz! Turing oʻrningizdan! Mayli, mayli siz aytganday boʻlsin!..
– E qodir Xudoyim, bu odamga oʻzing ajr-barakot ber! Baxtu quvonch ber!
– Endi mening shodligim ham, baxtim ham qolmadi…
– E bor Xudoyim…
– Buving bilan ket, oʻgʻlim…
Ushbu suhbat biz boshda hikoya qilgan guriyalik bobo va imeretiyalik buvi ishtirokidagi voqeadan roppa-rosa bir yil keyin sodir boʻldi. Bu galgi jarayon oldi-berdi marosimi emasdi. Bu ikki qaynoq qonning toʻqnashuvi, ikki olovli yurakning volasi edi. Bu ikki teng kuchli mehr tugʻyonining kurashi sabab bolaning yuragi shiddat bilan tepa boshladi, tomogʻiga shoʻr bir narsa tiqilganday boʻldi, tanasini sovuq ter bosdi, titroq butun vujudini lovullatib yubordi. Qandaydir nomaʼlum kuch uni zarb bilan buvisi tomon tortardi, biroq xuddi shunday shiddatkor ohanrabo uni bobosi tomon yetaklardi. Bola bir necha bor shunday ogʻriqni his qildi – goʻyo uning vujudi qaynoq suv ichida qoldi. Chol bilan kampir oʻrtasida kechgan qizgʻin, shiddatli bahs tugamaguncha bolani anglamsiz qoʻrquv, yuz berajak koʻngilsizlikni kutish azobi tark etmadi.
Buvi oʻrnidan turib bolaga yaqin keldi, uni quchogʻiga oldi.
– Bolaginamdan yodgorim, koʻzlarimning nuri, yur men bilan, kemtik bagʻrimni toʻldir, bolajonim!..
Kampir yigʻladi, uning issiq koʻzyoshlari bolaning boshiga tomchiladi. Oʻpkasini boʻshatib olgach, bolani sekingina bagʻriga tortdi, biroq u xuddi temir qoziqday, tomirlari yerning qaʼr-qaʼriga singib ketgan daraxt singari joyidan jilmay, harakatsiz turardi.
– Buving bilan ket, oʻgʻlim, bechora buvingni xafa qilma… Diydoringga toʻyib olsin, keyin mening oldimga yana qaytib kelasan… Men ungacha seni kutib oʻtiraman, gʻamga toʻlib oʻtiraman… Sen nima deb oʻylaganding? Mana shunaqa, nevara boʻlish osonmas! Ogʻir, juda ogʻir, ayniqsa men bilan buvingga oʻxshagan dardibedavolarning nevarasi boʻlish qiyin… Boltang, belkuraging, ketmoning, toʻqmogʻing, savating, sigiring, aravang hech qayoqqa ketmaydi, qaytishingni kutadi…
Bola boboning soʻzlarini eshitarkan tevarakka razm solib hayron qoldi: bolta, ketmon, belkurak, savat hovlining boshqa burchagida qalashib yotar, sigir, buzov, echki boʻlsa, umuman boshqa bir burchakda edi, bobo ularni koʻrmasa-da, turgan joylarini qoʻli bilan aniq koʻrsatib berardi.
Bobo soʻzida davom etdi:
– Mana sumkang, mana bular darsliklaring – guruzin tili, tarix… Yana nimang qoldi? Hech nima… Shiming, koʻylaging, shippaging – egningda. Samtrediagacha yalangoyoq ketgin, boʻlmasa shippaklaring uygacha yetib bormaydi. Boʻpti… Boʻl endi tezroq!
***
Kishvardi Lomjariya nevarasi hozir temir qoziqqa, tomirlari yerning qaʼr-qaʼrigacha singib ketgan daraxtga aylanganini tushundi, juda-juda chuqur ketgan bu tomirlarni oddiy nasihat bilan sugʻurib boʻlmasdi. Boshqacha yoʻl tutish kerak edi. Lekin qanaqa?
Kishvardi Lomjariya nevarasi girdobning oʻrtasida chirpirak boʻlayotganini, ikki avlodning shiddatkor, jangovor qoni uni ikki tomonga zarb bilan tortayotganini ham angladi. Ularning qaysi biri ustun keladi? Qay bir qon gʻalaba qozonadi? Bu kurash nima bilan tugashini kutmaslik kerak! Aslo!.. Ularning qaysidir biri bu kurashni toʻxtatishi, qaynab-koʻpirib yotgan mehr rishtalarini chirt uzib tashlashi kerak.
Bu ogʻir, alamli masʼuliyatni Kishvardi Lomjariya oʻz boʻyniga oldi:
– Xoʻsh, yana nimani kutyapsan? Qulogʻingga tanbur chertdimmi?!
Bola bobosiga qoʻrqa-pisa qaradi.
– Joʻna, orqangga qayrilib qarama! Tushundingmi?!
Bolaning qalbini bobosiga boʻlgan qattiq achinish va buvisiga boʻlgan shafqat hislari birvarakayiga zabt etdi. Ich-ichidan qalqib chiqayotgan yoshlar koʻzlarini xira parda bilan qopladi, boshi oʻz-oʻzidan koʻksiga egilib qoldi. Bola bir ogʻiz soʻz aytmasdan xuddi arqonlangan yuvosh buzoqday Choxataurning tuproq yoʻliga burildi. Qarib-munkillab qolgan, boshdan-oyoq qora kiyingan buvisining ortidan ergashdi…
Kishvardi Lomjariya kamin yoniga borib oʻtirdi-da, mis qozonchadagi suvning qaynashini kuta boshladi.
Kishvardi Lomjariya olovga tikilgancha xayol surardi. Ayni damda noxush oʻylardan qutilishga, ulardan yashirinishga urinardi. Lekin oʻzingdan qayga qochib berkinasan? Axir odam ojiz banda-ku… “Bolani berib yubormaslik kerak edi… Lekin kampirning anduhiga dosh bera olmadim… Endi boʻlsa oʻzim xuddi oʻshanday holatga tushib oʻtiribman. Keyingi hafta kampirnikiga boraman, bolani qaytarib berishini soʻrayman. Bermasa, kuch bilan olaman… Aytaman: “Jigarbandimni, yuragimning bir parchasini, tomirimdagi qonimni tortib olishga qanday haqqing bor?! Axir sen Xudo emassan!” deyman! Ammo… u ham menga xuddi shu soʻzlar bilan javob qaytarishi mumkin! Axir men ham ojiz bandaman… Axir bola menga qanday rishtalar bilan bogʻlangan boʻlsa, unga ham shunday yaqin-ku. Eh, odam boʻlish qiyin, odamzodning chekiga tushgan iztiroblarga chidash berish judayam qiyin. Ahvolim Yaratganga ayon, bandangga Oʻzing rahm qil, Xudoyim… Keyingi hafta boraman-da, kampirning oyoqlariga yiqilaman. Yoʻq, bir haftagacha sabr qilolmayman… Ertadan keyin boraman… Yoʻq, ertagayoq! Ertaga azon payti yoʻlga tushaman. E Xudo, tezroq tong ota qolsaydi…”
Kishvardi Lomjariya kamin yoqinida mis togʻorachadagi suv qaynashini kutib oʻtirib shunday oʻylar surardi. Shu payt darvoza toʻsatdan ochildi, boʻsagʻada bolaning egilgan boshi va yelkasiga ilingan shippaklari koʻrindi.
– E Xudo! Oʻzingga shukur!
– Men qaytdim, – pichirladi nevara.
– Qaytishingni bilardim, – dedi bobo.
Soʻng mis togʻoraga mis qozonchadan issiq suv quydi-da, nevarasining horgʻin oyoqlarini uzoq yuvdi. Keyin unga deb soʻriga joy soldi, oʻzi boʻlsa kichkinagina uychasiga uxlagani kirib ketdi.
Cholni yarim kechasi bolaning ovozi bezovta qildi:
– Bobo, siz bilan yotsam maylimi?
– Kel, oʻgʻlim.
Bola bobosini quchoqlab oldi.
“Bechora, hamma yogʻi muzlab qolibdi!” – oʻyladi nevara.
“Qanaqa tafti bor-a!” – oʻyladi bobo.
Biroz vaqt oʻtgandan keyin bobo soʻradi:
– Bilasanmi, seni nima qaytardi?
– Yoʻq!
– Bilib ol, oʻgʻlim, tomiringda oqib turgan qon seni men tomon yetakladi. Qon, yurak qoni shunaqangi katta kuch, oʻgʻlim!..
Oʻsha tun ular boshqa bir ogʻiz ham gapirishmadi. Hech nima haqida oʻylamadilar, hech nima haqida gapirmadilar.
Bobo va nevara shirin uyquga ketdi…
Ikki tanada oqqan bir xil qon – mehr qoni oʻyladi, gapirdi. Lekin u nimalar haqida oʻyladi, nimalar haqida gapirdi – yolgʻiz Xudogagina ayon!..
Ruschadan Orif TOLIB tarjimasi
DUMBADZE, NODAR VLADIMIROVICH – gruzinskiy pisatel (1928 – 1984).
Rodilsya 14 iyulya 1928 v Tbilisi. Detskiye godiʼ biʼli omracheniʼ politicheskimi sobiʼtiyami 1930-x, zatem – voynoy. Roditeli biʼli arestovaniʼ v 1937 (otets biʼl sekretarem raykoma), i dlya malenkogo malchika nachalas tyajelaya jizn siʼna “vragov naroda” (roditeli biʼli reabilitirovaniʼ lish v 1956). Ros v Zapadnoy Gruzii, v derevne Xidistavi, u rodstvennikov. Okonchiv shkolu v derevne, postupil na ekonomicheskiy fakultet Tbilisskogo gosudarstvennogo universiteta (v te godiʼ nosivshiy imya I.V.Stalina). Okonchil v 1950. Prorabotav neskolko let v universitete v doljnosti laboranta, nachinaya s 1957, polnostyu pereklyuchilsya na literaturnuyu rabotu: biʼl sotrudnikom (1957) redaksii v jurnale “Siskari” (“Rassvet”), zamestitelem redaktora v yumoristicheskom jurnale “Niangi” (“Krokodil”, 1957 – 1962), sotrudnikom ssenarnogo otdela v “Gruziya-filme” (1962 – 1965), redaktorom “Niangi” (1965 – 1973). S 1973 – sekretarem, a s 1981 i do svoyey konchiniʼ – predsedatelem pravleniya Soyuza pisateley Gruzii. Zavoyevavshiy gromadnuyu populyarnost s samogo nachala svoyey pisatelskoy karyeriʼ, biʼl neodnokratno otmechen nagradami: udostoyen premii Rustaveli (1975), Leninskogo komsomola (1966), Leninskoy premii (1980). Yavlyalsya deputatom Verxovnogo Soveta Gruzinskoy SSR dvux soziʼvov (1971 – 1978) i Verxovnogo Soveta SSSR (1979 – 1984).
Perviʼe stixi biʼli opublikovaniʼ v 1950 v universitetskom almanaxe “Perviʼy luch”. V 1956 – 1957 viʼshli v svet tri knigi yumoristicheskix rasskazov, srazu privlekshix k nemu vnimaniye, no nastoyashʼuyu slavu i priznaniye prines roman Ya, babushka, Iliko i Illarion, viʼshedshiy v 1960. Vskore po romanu v soavtorstve s G.Lordkipanidze biʼla napisana pyesa, imevshaya bolshoy uspex v neskolkix postanovkax v Gruzii. Zatem kinorejisser Tengiz Abuladze (postavivshiy znamenitiʼy film Pokayaniye) sozdal populyarniʼy film (1962). Za detskimi stixami i sbornikom rasskazov (1960 – 62) posledovali romaniʼ i povesti, prochno utverdivshiye za Nodarom Dumbadze slavu odnogo iz viʼdayushʼixsya prozaikov svoyego vremeni: Ya viju solnse (1962), Solnechnaya noch (1967), Ne boysya, mama (1971), Beliʼe flagi (1973), Zakon vechnosti (1978). Vse eti romaniʼ i mnojestvo rasskazov viʼderjali desyatki izdaniy. On – avtor stixov, poem, detskix proizvedeniy, publitsisticheskix statey i puteviʼx zapisey.
Nodar Dumbadze
Krov
Strijenniʼy malchugan s nanizanniʼmi na prutik biʼchkami v ruke stoyal, ponuriv golovu, pod lipoy, pechalniʼmi glazami razglyadiʼval svoi obleplenniʼe gryazyu goliʼe nogi i dumal: “Do chego je etot starik poxoj na moyego otsa! Sediʼe volosiʼ… Cherniʼe brovi… Shirokiy nos… Krasiviʼe glaza… I golos – nizkiy, priyatniʼy… Yesli zakriʼt glaza, mojno predstavit, chto on – moy otets!..”
I malchugan zajmurilsya.
– Vot poetomu-to ya i priglasil vas, uvajayemiʼy moy Kishvardi!.. Net bolshe moix sil! Sovsem otbilsya ot ruk, negodnik!.. Vse deti kak deti – s knigoy ne rasstayutsya, a on znay sebe den i noch lovit etix biʼchkov!.. A chto on viʼkinul tretyego dnya?! Brosil v nash obshʼiy – s Gopodze – kolodets ogromniʼy arbuz! Arbuz lopnul, i vot uje nedelyu dve semi vmesto vodiʼ pyu kompot!..
– Ubey menya bog! Eto pravda, malchik?! Uj ne bespokoytes, uvajayemaya Yuliya! Vot kak zaberu yego v Guriyu, da kak poveshu za nogu na chinare, – naplyashetsya on u menya!
– Ne znayu, za chto viʼ yego tam povesite, no ya tak skaju: schastlivaya yego mat, ne prishlos yey glyadet na etogo negodnika. I otets yego toje, mejdu prochim, schastliviʼy…
– Kak viʼ polagayete, uvajayemaya Yuliya, ne budet, znachit, s nim sladu?
– Ne znayu, nichego ya ne znayu… Sudite sami: poslala ya yego nedavno na melnitsu… Pud otbornoy kukuruziʼ unes, izverg, a vernulsya s pyatyu funtami muki v meshke. Ostalnoye otdal, okaziʼvayetsya, neputeviʼm detyam Valiko Kuxalashivli! “Mnogo ix v dome, govorit, jivut vprogolod…” Kakovo, a?!
– Ubey menya bog! Eto pravda, malchik?!
– Eto yeshʼe chto! Pozavchera on da drujok yego – bosyak Kukuri Ugulava – prokralis v sad – podumat tolko! – svoyego je uchitelya geografii Datiko Sverava, navali persikov i viʼmenyali ix na tabak! Kakovo?!
– Ubey menya bog! Eto pravda, malchik?!
– Da chto viʼ zaladili – “pravda?”, “pravda?”! chto je, po-vashemu, ya vru?
– Chto viʼ, chto viʼ, uvajayemaya Yuliya! Eto ya k tomu – neujto dlya nego net spaseniya? Neujto on propal sovsem?!
– Net, pochemu je… Spasti yego, konechno, mojno, no eto sviʼshe moix sil… Zdes nujna krepkaya, mujskaya ruka! K tomu je, krome nego, na moyey shee yeshʼe dva zverya – Zurab i Vaxtang, deti moyego Koli. Te pochishʼe etogo. Vot vernulsya s viʼgona – ubedites sami!
– Mda-a-a… chto je vam skazat, uvajayemaya Yuliya!.. Poka biʼli jiviʼ yego roditeli – menya i blizko k rebenku ne podpuskali… Chujoy ya dlya nego, ponimayete? Chujoy!..
– Ne govorite, uvajayemiʼy Kishvardi! Ved on kak-nikak mujchina i s mujchinoy legche naydet obshʼiy yaziʼk… K tomu je on prodoljatel vashego roda…
– Ono-to, konechno, tak… A kak u nego s ucheboy, uvajayemaya Yuliya?
– Gm!.. Malchishka, ukravshiy persiki u svoyego uchitelya i radi razvratnoy knijki “Dekameron” prodavshiy serebryaniʼe lojki sobstvennoy babushki, – o kakoy uchebe mojet dumat takoy malchishka, skajite sami radi boga, uvajayemiʼy Kishvardi!
– Eto pravda, malchik?! Resheno! Zaberu yego v Guriyu i poveshu za nogu na chinare!
– Da vot, pojaluysta, polyubuytes na nego: miʼ tut ubivayemsya, a yemu xot biʼ xniʼ! I v us ne duyet!
A malchik stoyal pod lipoy s zakriʼtiʼmi glazami i dumal: “Ustala bednaya moya babushka Yuliya… Kakoy u nee ranshe biʼl priyatniʼy golos, a teper vo kakoy zloy!.. A mojet, eto mne tak kajetsya? Etot – ded, chto li? – govorit tak spokoyno i priyatno… Da, vidat, ustala ona… Ex, xot biʼ seychas ona ne poslala menya s etim – dedom, chto li? – a vpred ya nikogda ne obiju yee, nikogda!.. Lish biʼ ne poslala… Lish biʼ ne poslala…”
– Sirota on, uvajayemaya Yuliya… Krome rozg, yemu i laska nujna…
– Sirota sirote rozn! Mnogo on ponimayet v laske! Laska…
– Eto pravda, malchik?! A vot kak zaberu yego v Guriyu, da kak poveshu za nogu… Kogda yego zabrat, uvajayemaya Yuliya?
– Da xot seychas! Dolgo li yego snaryajat?
– Kak je tak… Malchishka gol kak sokol…
– Takim ya i privezla yego v proshlom godu iz Avchala, uvajayemiʼy Kishvardi… Mojet, prikajete spravit yemu choxu s pozumentom?
– Bedniʼy moy malchik!
– Otkushali biʼ pered dorogoy, uvajayemiʼy Kishvardi…
– Da net, ne bespokoytes, uvajayemaya Yuliya… Zakusim v Samtredia, a tam i do domu rukoy podat…
– Volya vasha… schastlivogo vam puti…Da xranit vas svyatoy Georgiy!..
– Day bog vam schastya, uvajayemaya Yuliya!..
– Vot, zaxvatite s soboy, uvajayemiʼy Kishvardi!
– Chto eto?
– Da dokumentiʼ yego razniʼe… V sentyabre, nado polagat, poshlete yego v shkolu, – ponadobyatsya… V chetvertiʼy klass on pereshel… Pravda, v spravke oshibka – vmesto Lomdjariya Nodari zapisali Lomdjariya Nadiri[4]. Vprochem, po-moyemu, ne oshibka eto, a tak ono i yest.
– Eto pravda, malchik? Chto j zaberu yego v Gruiyu i poveshu za nogu na chinare…
– Veshayte, za chto xotite, no tolko chtob glaza moi yego bolshe zdes ne videli!
– Za nogu, za nogu poveshu!
– Bog vam v pomoshʼ!
– A ne pomojet, tak vozmu yego v takoy oborot, chto aj kamni ot jalosti zaplachut!
– Nu, tak do svidaniya, uvajayemiʼy Kishvardi!
– Vsego vam xoroshego, uvajayemaya Yuliya!
Siya priyemo-sdatochnaya protsedura proizoshla v avgustovskiy polden 1938 goda v mestechke Xoni mejdu imeretinskoy babushkoy – to yest materyu materi Nodara Lomdjariya, uvajayemoy Yuliyey Mikeladze, i yego guriyskim dedom – to yest otsom otsa, uvajayemiʼm Kishvardi Lomdjariya.
A spustya chas malchik, to yest Nodar Lomdjariya, rojdenniʼy 14 iyulya 1928 goda v gorode Tbilisi v semye slujashʼego, plelsya, slovno telenok na verevke, za dedom, ponuro shagavshim po raskalennoy, piʼlnoy doroge…
Iz Xoni do Kulashi ded i vnuk dobralis na proletke, iz Kulashi v Samtredia yexali na lineyke. Zdes, ne perekusiv, pereseli na gruzovik chaynoy fabriki, sledovavshiy v Choxatauri. Ottuda peshkom napravilis v selo Intabuyeti.
Ded shel vperedi, vnuk – za nim. Izmuchenniʼy starcheskim nedugom ded tyajelo kryaxtel i stonal. Zavidev idushʼego navstrechu putnika, on umolkal, nizko s nim rasklanivalsya, a zatem, viʼjdav neskolko minut, vnov nachinal stonat i kryaxtet. Inogda on molcha oglyadiʼvalsya na malchika – tak oglyadiʼvayetsya staraya klyacha na otstavshego jerebenka, boyas poteryat poslednego svoyego otpriʼska.
Malchik shel i dumal: “Vot vperedi shagayet starik – xiliʼy, bolnoy, stonushʼiy, s viʼsvetshey shlyapoy na golove… On obeshʼayet povesit menya za nogu na dereve… Etot starik – moy ded. Otets moyego otsa… Ded! Chto je zastavlyaet menya sledovat za nim? Pochemu ya pokorno, slovno rab, tashʼus po etoy piʼlnoy doroge? Dva shaga v storonu – i, nikakix chertey! Chto eto za sila? Pochemu ya, ustavshiy, golodniʼy, iznemogayushʼiy ot jariʼ i jajdiʼ, ne smeyu svernut s dorogi? Pochemu? Kak eta sila naziʼvayetsya?”
– O chem tiʼ dumayesh, vnuchek? – obernulsya vdrug starik.
– Ni o chem! – otvetil, ne zadumiʼvayas, opeshivshiy malchik. On ojidal vsego, no tolko ne takogo voprosa.
Starik soshel na obochinu dorogi, prisel. Otdiʼshavshis i nakryaxtevshis, on poglyadel na malchika, potom stal schitat, zagibaya palsiʼ: 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38.
– Rodilsya tiʼ, vnuchek, v dvadsat vosmom. Teper u nas tridsat vosmoy. Znachit, tebe poshel odinnadsatiʼy… Vzrosliʼy uje… Kak je eto tiʼ mojesh ni o chem ne dumat, a? Ili skriʼvayesh ot deda?
– Da net, dedushka, ne dumal ya ni o chem! – solgal malchik.
– A pora biʼ i priviʼknut dumat, vnuchek, pora!..
Starik, kryaxtya i oxaya, vstal i prodoljil svoy put. Malchik, slovno telenok na verevke, poslushno poplelsya za nim…
Malchik – zagorevshiy, s vzyeroshenniʼmi volosami – stoyal, opershis na zastup, pod chinaroy, grustniʼmi glazami razglyadiʼval svoi obleplenniʼe gryazyu goliʼe nogi i dumal: “Kak ona sostarilas, sognulas na odin god! Litso – odni morshʼiniʼ… Golos kakoy-to sipliʼy. I vse je ona poxoja na moyu mat – moloduyu, krasivuyu, nejnuyu, kareglazuyu, dobruyu moyu mamu. Poxoja i volosami i poxodkoy… Yesli zakriʼt glaza, mojno predstavit, chto ona – moya mat!”
No malchik ne zajmurilsya. Malchik ispugalsya.
– Poteryala ya pokoy, uvajayemiʼy Kishvardi! Prizrak neschastnoy yego materi mereshʼitsya mne vo sne i nayavu… Golos sobstvennoy sovesti presleduyet menya… S tex por kak viʼ vzyali yego s soboy, xoju ya opustoshennaya, slovno serdse viʼrvali iz grudi… Vernite mne moyego rebenka, uvajayemiʼy Kishvardi!…
– Gm, rebenkom on biʼl togda, kogda ya vzyal yego ot vas. Teper on – mujchina, i pust reshayet sam. Zaxochet vernutsya k vam – ya ne stanu yego uderjivat.
– Obijen on na menya… Yesli kto i sumeet pomerit yego so mnoy, to tolko viʼ, uvajayemiʼy Kishvardi. Chelovek viʼ mudriʼy…
– U vas ved yeshʼe dvoye takix, uvajayemaya Yuliya… Ostavte mne xot odnogo!
– Razve v schete delo? Dva, desyat, sto – vse odno! Vnuk – on i yest vnuk dlya babushki, uvajayemiʼy Kishvardi!
– Tak-to ono tak… No kak je mne biʼt? Ved posle moyey smerti schet roda Lomdjariya doljen nachatsya s nego?…
– Ya je ne izmenyu yego familiyu! Pust i te dvoye budut Lomdjariya, no etogo-to otdayte mne!
– Otnimat, znachit, malchika priyexali, uvajayemaya Yuliya?!
– Ne otpuskayte menya na tot svet s grexom na dushe! Kak je ya tam vzglyanu na yego mat?!
– E, uvajayemaya Yuliya, eto yeshʼe vopros – kto iz nas otpravitsya tuda ranshe. A kakovo mne budet glyadet na yego mat i otsa, yesli ya opereju vas?
– Ne day vam bog smerti, uvajayemiʼy Kishvardi!
– Malchik – on i pole moye, i vinogradnik, i melnitsa, i mogila, i nadgrobniʼy kamen… Net, ne otdam yego, xot ubeyte menya!
– Nu tak ya ubyu sebya! Vot zdes, pered vami!
– Gospod s vami, uvajayemaya Yuliya, chto viʼ takoye govorite!… Poydesh s ney, malchik?
– Da razve on priznayetsya? On je stesnyaetsya vas!
– Eto pravda, malchik?
– Yemu materinskaya laska nujna, uvajayemiʼy Kishvardi! Postirat, pogladit, viʼkupat, spinku poteret, prichesat…Razve viʼ mojete zamenit yemu mat?
– Nu, eto kak skazat… Uxajival ya za nim do six por, slava bogu, neploxo… Vas, po krayney mere, na pomoshʼ ne zval…
– Ne sporyu, ne sporyu, uvajayemiʼy Kishvardi! No vse je… Nogi malchiku pered snom pomiʼt, v shkolu za nim begat… Ne mujskoye eto delo!..
– A on i na nashu shkolu ne v obide… Eto v vashey shkole yego zverem narekli, da i viʼ, pomnitsya, soglasilis s etim… A on ne zver vovse…
– Pochemu u menya yaziʼk ne otsox togda!
– I ne dumayte, chto on u menya prevratilsya v angela ili perestal krast persiki!
– Pust kradet na zdorovye!
– Ili, dumayete, on perestal razdavat muk?
– Da bog s ney, s mukoy-to! Vse moye prinadlejit yemu! Pust xot sjigayet, razve ya protiv?
– I kurit, stervets!
– Eto pravda, malchik?
– Viʼ menya, menya sprosite! Opustoshil i karmaniʼ moi, i kiset!
– Nu i pust kurit sebe na zdorovye! Ved sami skazali – mujchina on!
– Poterpite yeshʼe mesyas. Vot poluchu premiyu za shelkovichniʼe kokoniʼ, priodenu yego… Ne poydet je on k vam etakim oborvansem!
– Viʼ tolko otpustite, a odet, obut yego – eto uje moya zabota! S sebya snimu, a yego odenu!
– Gm, ochen podoydet yemu vashe!
– Konechno, vam – shutki shutit, a u menya serdse krovyu oblivayetsya!
– Ya ved skazal, uvajayemaya Yuliya: on uje vzrosliʼy. Pust reshayet sam!
– Viʼ dlya nego – vse ravno chto ikona dlya veruyushʼego, i kajdoye vashe slovo – vse ravno chto propoved bojya… Skajite yemu, uvajayemiʼy Kishvadi!…
– Poboytes boga, uvajayemaya Yuliya. Kak je eto ya skaju svoyey ploti i krovi – uydi, mol, iz moyego doma?!
– A ya razve chujaya yemu? Razve on ne moya plot i krov? Mojet, vsego god ostalos mne jit! Umolyayu vas, ne ubivayte menya ranshe sroka, podarite starushke etogo malchika!
– Uvajayemaya Yuliya!
– Na koleni, na koleni stanu pered vami!..
– Da viʼ chto! Vstante radi boga!.. Bud po-vashemu!..
– Velikiy boje, nisposhli yemu schastya i radosti!
– Ne vidat mne bolshe radosti i schastya…
– Mater bojya…
– Idi s babushkoy, vnuchek!…
Takoy dialog sostoyalsya rovno god spustya posle opisanniʼx viʼshe sobiʼtiy mejdu guriyskim dedom i imeretinskoy babushkoy malchika. No eto uje biʼla ne priyemo-sdatochnaya protsedura. Eto biʼlo burleniye dvux kipyashʼix krovey, riʼdanye dvux trepeshʼushʼix serdets. I eta borba dvux ravniʼx po sile lyubvi strastey otdavalas v malchike uchashʼenniʼm biyeniyem serdsa i soleniʼm komom v gorle, xolodnoy isparinoy i jguchim oznobom, drojyu v tele i bolyu v grudi. Nevedomaya sila to vlastno tyanula yego k babushke, to moshʼniʼm tolchkom brosala k dedu. Neskolko raz malchik oshʼushʼal ostruyu bol – slovno yego telo pronzalo naskvoz raskalennoye kopye. I vse vremya, poka mejdu starikom i starushkoy dlilsya etot stranniʼy, gorkiy dialog, malchika ne pokidalo neobʼyasnimoye chuvstvo straxa, trevogi, ojidaniya.
Babushka vstala, podoshla k malchiku, obnyala yego.
– Radost tiʼ moya, svet moix ochey, poydem so mnoy, podari mne dva lishnix dnya jizni!..
Babushka plakala, i goryachiye yee sleziʼ kapali na golovu malchika. Viʼplakavshis, ona ostorojno privlekala yego k sebe, no malchik stoyal ne dvigayas, stoyal, kak jelezniʼy kol, kak derevo, gluboko vrosshee v zemlyu kornyami.
– Idi s ney, vnuchek, idi so svoyey staroy babushkoy…Nalyubuyetsya ona toboy, verneshsya ko mne… K tomu vremeni i ya soskuchus bez tebya… A kak tiʼ dumal? Biʼt vnukom – nelegkoye delo! Trudno, trudno biʼt vnukom, osobenno vnukom takix vot stariʼx razvalin, kak ya da tvoya babushka… Idi s ney, dorogoy… A tvoi topor, zastup, motiʼga, davilnya, korzina, korova, telenok, koza i svinya nikuda ne denutsya, budut jdat tvoyego vozvrashʼeniya…
Malchik slushal, smotrel i udivlyalsya: topor, motiʼga, zastup, korzina valyalis v razniʼx konsax dvora, korova, telenok, koza i svinya biʼli v razniʼx konsax dvora, – kak je dedushka, ne vidya ix, tochno ukaziʼval rukoy imenno tuda, gde naxodilsya kajdiʼy iz nazvanniʼx im predmetov i jivotniʼx?
A ded prodoljal:
– Vot tvoya sumka, uchebniki tvoi – gruzinskiy, istoriya… Chto yeshʼe u nas s toboy? Pojaluy, nichego. Bryuki, rubashka, chuvyaki na tebe. Do Samtredia topay bosikom, inache chuvyaki ne dotyanut do domu. Vot i vse… Nu davay!
Kishvardi Lomdjariya ponyal, chto yego vnuk seychas prevratilsya v jelezniʼy kol, v derevo, gluboko vrosshee v zemlyu kornyami, nastolko gluboko, chto viʼrvat yego obiʼchniʼmi uveshʼevaniyami nevozmojno. Zdes nujen biʼl inoy podxod. No kakoy?
Kishvardi Lomdjariya ponyal i to, chto yego vnuk seychas stoyal posredi zakoldovannogo kruga, i prityagatelnaya sila dvux krovey vlastno tyanula yego v razniʼe storoniʼ. Kakaya iz nix vozmet verx? Kakaya krov pobedit? Jdat isxoda etoy borbiʼ nelzya… Komu-to iz nix nujno perviʼm perekriʼt, pererezat kanal, v kotorom kipit i burlit vzbuntovavshayasya krov…
I Kishvardi Lomdjariya operedil babushku:
– Nu chego tiʼ jdesh? Ustal ya boltat s toboy!
Malchik ispuganno vzglyanul na deda.
– Idi i ne smey oglyadiʼvatsya! Ponyal?!
Gorkuyu obidu na deda i nejnuyu jalos k babushke malchik pochuvstvoval odnovremenno. Podstupivshiye sleziʼ zatumanili glaza, golova bezvolno opustilas na grud, i on ne viʼmolviv ni slova, pokorno, slovno telenok na verevke, pobrel po piʼlnoy choxataurskoy doroge za svoyey dryaxloy, sgorblennoy, oblachennoy vo vse chernoye babushkoy…
Kishvardi Lomdjariya sidel u kamina i jdal, poka v mednom kotelke zakipit voda.
Kishvardi Lomdjariya glyadel na ogon i dumal. Dumal i v to je vremya staralsya uyti, skriʼtsya ot svoix neveseliʼx dum. No kuda cheloveku detsya ot sobstvenniʼx dum? Ved chelovek ne bog… “Ne nujno biʼlo otpuskat malchika… No ne smog ya ustoyat pered gorem starushki… A teper sam v yee polojenii. Na toy nedele sxoju k ney, poproshu vernut malchika. Ne otdast, zaberu siloy… „Kakoye, skaju, imeesh tiʼ pravo otnimat u menya moyu plot i moyu krov? Ved tiʼ ne bog!“ No… ved ona mojet otvetit mne temi je slovami?! Ved ya sam toje ne bog, a vsego-navsego prostoy smertniʼy… Ved malchik prinadlejit yey tak je, kak i mne… Vot yesli biʼ ya biʼl bogom! Ox, trudno, trudno biʼt chelovekom, gorazdo trudnee, chem bogom… Slava bogu, v etom nash spasitel – Iisus Xristos sam ubedilsya… Na toy nedele poydu k ney, broshus v nogi… Xotya net, nedelyu mne ne sterpet… Poydu poslezavtra… Net, zavtra! Zavtra je s rassvetom otpravlyus v put… Gospodi, skoree biʼ nastupilo utro!..”
Tak dumal Kishvardi Lomdjariya, sidya u kamina i ojidaya, kogda v mednom kotelke zakipit voda, kak vdrug otkriʼlas dver i na poroge pokazalsya malchik s ponikshey golovoy i perekinutiʼmi cherez plecho chuvyakami.
– Slava tebe, gospodi! – voskliknul ded.
– Ya vernulsya, – prosheptal vnuk.
– Ya znal, chto tiʼ verneshsya, – skazal ded.
Potom Kishvardi Lomdjariya nalil v medniʼy taz goryachey vodiʼ iz mednogo kotelka i dolgo miʼl ustavshiye nogi vnuka. Potom prigotovil yemu postel na taxte, a sam poshel spat v malenkuyu kamorku…
V polnoch starika razbudil golos malchika:
– Ded, mojno mne lech s toboy?
– Idi, vnuchek! – otvetil starik i pridvinulsya k stene.
Malchik leg, prijalsya k dedu.
“Kakoy on xolodniʼy, bedniʼy dedushka!” – podumal vnuk.
“Kakoy on goryachiy!” – podumal ded.
Spustya nekotoroye vremya ded sprosil:
– A znayesh, chto privelo tebya ko mne?
– Net!
– Znay, vnuchek, krov tebya privela ko mne, vot chto! Krov – velikaya sila, vnuchek!…
Bolshe v tu noch oni ne obmenyalis ni slovom. Ni o chem ne dumali, ni o chem ne govorili.
Ded i vnuk spali schastliviʼm snom…
Dumala i govorila krov. No o chem dumala i govorila krov, ob etom izvestno odnomu bogu!..
[1] Pud – 16,3 kg ga teng ogʻirlik oʻlchovi.
[2] Qadoq – 409 g ga teng ogʻirlik oʻlchovi.
[3] Soʻz oʻyini: Nodari – erkaklar ismi, “nadiri” – yovvoyi degani.
[4] Igra slov: Nodari — mujskoye imya, nadiri — zver.