Qoʻshtomoq – kekirdak olmasi
Erkaklar tomogʻidagi boʻrtiq oʻzbekchada nima deb atalashini soʻrashgan edi. Topgan-tutganlarim boʻyicha maʼlumot beraman.
Bu soʻz oʻzbekchada kekirdak olmasi, qoʻshtomoq deyiladi. Lekin bu ikki atama izohli...
Maddoh
Bugun maddoh soʻzi faqat salbiy maʼnoda qoʻllanyapti. Qadimda uning ijobiy yoki neytral maʼnosi ham boʻlgan.
Arab tilidan kirgan bu soʻz asliyatda madh qiluvchi; Xudoga hamdu...
Adil va adl
Bu ikki soʻz paronim boʻlgani, talaffuzi yaqinligi sabab ularni qoʻllashda koʻp xato qilinadi. Shakli yaqin boʻlsa-da, maʼnosi bir-biridan keskin farq qiladi.
Adil soʻzi arabchadan, asliyatda...
Afzal va abzal
Bu ikki soʻzning talaffuzi bir-biriga yaqin boʻlgani uchun ularni qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻyib turiladi.
Afzal arabchadan olingan, asliyatda eng fozil, eng fazilatli maʼnosiga ega. Oʻzbek...
“Otves”ning oʻzbekchasi nima?
Koʻp soʻzlarning oʻzbekchasi yoki tilimizda eskidan qoʻllangan muqobili boʻla turib, ishlatmaymiz. Masalan, qurilishda devor, ustun, eshik kabilarning tikligini aniqlash uchun bir uchiga tosh yoki...
“Juftakni rostladi”: juftak nima?
Tilimizda juftakni rostlamoq, juftakni urmoq va baʼzan juftak otmoq iboralari qoʻllanadi. Ular qochib qolmoq, orqa-oldiga qaramasdan qochmoq maʼnolarini anglatadi:
Omon menga qaradi, men “tagʻin bir...
“Azaldan”: azal nima?
Bu soʻz tilimizda tez-tez uchrab turadi, lekin uning asl mazmun-mohiyatiga deyarli eʼtibor bermaymiz. Shuning uchun uni baʼzida xato qoʻllaymiz.
Soʻzning ildizi Islom dini bilan bogʻliq....
“Million”ning oʻzbekchasi nima?
Qadimgi turkiy tilda sonlar sof turkiycha boʻlgan. Keyinchalik juda katta sonlarni, jumladan, million va milliardni bildiruvchi soʻzlar boshqa tillardan kirib kelgan. Lekin bundan ming...
“Putur ketmoq”: putur nima?
Putur soʻzi futurning soʻzlashuv tilidagi shaklidir. Futur arabchadan kirgan, asliyatda boʻshashish, ojizlanish; holsizlik maʼnolarini bildiradi. Oʻzbek tilida esa ziyon, shikast maʼnolarida ishlatiladi.
Putur yetmoq (futur...
Bulduruq
Soʻnggi kunlarda daraxtlaru butalarni qirov qopladi. Qirovni bulduruq ham deyishadi.
Badiiy adabiyotda sochning oqi qirovga oʻxshatilgani kabi bulduruqqa ham mengzaladi.
Bulduruq omonim soʻz, yana ikkita alohida...