Amaliyot: qisqaroq ifodalash mumkin

Amaliyot: qisqaroq ifodalash mumkin

Xabar sarlavhasi:

Fransiyadagi namoyishlarda 200 nafar tartibsizlik ishtirokchisi qoʻlga olindi

 

⚠️ Nimasi xato?

Sarlavha aslida toʻgʻri. Namoyishlarda qatnashganlarning hammasi ham qoʻlga olinmagan. Tartibsizliklarda qatnashganlar yoki tartibsizlik qilganlar qoʻlga olingan. Lekin jumlaning ifodasi gʻalizroq.

200 nafar tartibsizlik ishtirokchisi iborasida tartibsizlik 200 nafar boʻlib qolganday tuyuladi. Aslida ibora xato emas. Chunki 200 nafar soʻzi tartibsizlik ishtirokchisi birikmasiga tegishli, tartibsizlik
soʻziga emas. Oʻqiganda baribir tishga tekkani uchun bunday qoʻllamagan yaxshi.

 

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?

Jumlani ravonroq qilish uchun tartibsizlik soʻzini olib tashlasa ham boʻladi, mavzuga qiziqqan odam bu haqdagi maʼlumotni matndan olaveradi:

 

Fransiyadagi namoyishlarda 200 nafar ishtirokchi qoʻlga olindi

Fransiyadagi namoyishlarning 200 nafar ishtirokchisi qoʻlga olindi

 

Bundan-da qisqaroq variant:

Fransiyada 200 nafar namoyishchi qoʻlga olindi

 

Bunda Fransiyadan boshqa joyda namoyish oʻtkazganlar ham tushunilishi ehtimoli bor. Ammo odatda bunaqa tushunilmaydi. Shuning uchun bu variantni ham qoʻllayverish kerak.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube