Arlon nima?

Arlon nima?

Bu soʻz badiiy adabiyotda uchrab turadi. Uni erkak ot, zotdor tuya maʼnosida yanglish tushunish holatlari bor. Aslida arlon boʻri yoki itning erkagini bildiradi. Afsuski, bu soʻz izohli lugʻatga kiritilmagan. Milliy ensiklopediyada esa it haqidagi maqolada uning erkagi arlon deyilishi eslatib oʻtilgan.

Badiiy asarlardan misollar:

 

Daydigan arlon boʻrilarni oʻn chaqirimlab uzoq yerlardan maraz hidiga chaqiradigan oʻsha yebtoʻymas yuho boʻrining isiga Akbara sira toqat qilolmadi.

Chingiz Aytmatov, “Qiyomat”.

 

Agar u arlon boʻrini tasodifan ilgʻamaganida, jondor bolasini qoʻlga kiritmoq oʻzi oʻylaganchalik oson emasligini fahmlab, bu niyatidan qaytgan boʻlarmidi?

Normurod Norqobilov, “Ena boʻri”.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube