“Azza-bazza” nima degani?

“Azza-bazza” nima degani?

Bu soʻz asosan badiiy va publitsistik asarlarda uchraydi, soʻzlashuv tilida qoʻllanadi. Uning maʼnosini baʼzan yanglish tushunamiz. Azza-bazza oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

 

1️⃣ Koʻngil amri bilan, ataylab, maxsus.

 

Ha, shunday yomgʻirda azza-bazza uzoqdan kelgan kishining bir niyati boʻlishi kerak.

Mirmuhsin, “Umid”.

 

2️⃣ Rostakamiga, astoydil.

Oʻttiz yillik xotiningizga rahmingiz kelmaydimi? – Bonu endi azza-bazza yigʻiga tushdi.

H. Gʻulom, “Mashʼal”.

 

Bu soʻzni azza-bazza tushuntirdim 😉

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.