Asilzoda va aslzoda
Asil va asl soʻzlari haqida yozganda ularning talaffuzi bir-biriga yaqinligi va baʼzan oʻrni almashganda ham birikmadan maʼno chiqaverishini aytgandim. Lekin bu yerda eʼtibor qaratadigan soʻz bor: baʼzan. Bu soʻzlarni doim ham almashlab qoʻllab boʻlmaydi. Jumladan, asilzoda soʻzida.
Asilzoda yuqori tabaqali zotlarga mansub shaxsni, oqsuyakni anglatadi. Aslzoda soʻzi qalbaki boʻlmagan, haqiqiy zoda
degan maʼno berishi mumkin. Lekin bunday soʻz yoʻq, lugʻatlarda ham aks etmagan.
📌 Demak:
Asilzoda ✅
Aslzoda ❌