Avvalo: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Ayrimlarda bir odat bor: bir joyda bir soʻz bilan vergul ishlatilganini koʻrdimi, hamma joyda vergul ishlatishini talab qiladi. Albatta, ayniqsa, aslida, umuman kabi soʻzlarda shunaqa holatlar koʻp kuzatiladi. Bularning qatoriga avvalo soʻzini ham bemalol qoʻshish mumkin.
Xoʻsh, qachon vergul ishlatish kerak, qachon kerakmas?
📌 Vergul kerak:
Soʻz avvali shuki, birinchidan maʼnolarini ifodalasa va kirish soʻz boʻlib kelsa:
– Avvalo, mening uyim yoʻq. Undan keyin meni muborakbod qilib turgan tanishlarim ham yoʻq, – dedi Anvar qoʻl siltab.
A. Qodiriy, “Mehrobdan chayon”.
📌 Vergul kerak emas:
Soʻz eng avval, dastavval, dastlab, birinchi galda maʼnolarida kelsa:
Avvalo boʻyningdagi qarzingni uz, undan keyin kigiz bilan bigiz soʻra-da.
K. Yashin, “Hamza”.
Biz avvalo oʻsimliklarning oʻsish davrini qisqartirish va hosildorlikni oshirishga erishdik.
“Fan va turmush”.
🔄 Mavzuga aloqador:
- Vergul qachon ishlatiladi: eng asosiy 7️⃣ ta qoida
- Asosan: vergul kerakmi yoki yoʻq?
- Odatda: vergul kerakmi yoki yoʻq?
- Shubhasiz: vergul kerakmi yoki yoʻq?