Bagʻoyat eʼtiborli boʻling

Bundoq oʻylab qarasam, -da qoʻshimchasini oʻrinsiz qoʻllash koʻp uchrar ekan. Bugun tahrir payti yana bittasi duch keldi: bagʻoyatda. Bu soʻzning oʻrin-payt kelishigini olmagan shakli bor: bagʻoyat. Shunisi toʻgʻri. Yuqori, ortiq darajada, juda ham, oʻta kabi maʼnolarni anglatadi:
Fikrlaringiz bagʻoyat toʻgʻri.
Soʻzning gʻoyat, gʻoyatda kabi shakllari ham bor. Gʻoyatda soʻzida ham -da alohida vazifa bajarmaydi, lekin bu shakl lugʻatlarga kirib ulgurgan, shu bois uni toʻgʻri deb qabul qilsak boʻladi.
📌 Demak:
Gʻoyat, bagʻoyat, gʻoyatda ✅
Bagʻoyatda ❌
@oriftolib

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.