Bilaguzuk va bilakuzuk: farqi nimada?
Obunachilardan biri shu ikki soʻz imlosi haqida soʻrab qoldi. Lugʻatlarni varaqlab, qiziq maʼlumotga koʻzim tushdi: bilaguzuk ham, bilakuzuk ham toʻgʻri. Biroq ular variantdosh soʻzlar emas. Maʼnosi keskin farqli.
Bilaguzuk – ayollar bilakka taqadigan ziynat buyumi, taqinchoq.
Bilakuzuk – kaltakesak turi. Koʻpincha tanasi toʻq kulrang, ikki yonida qoramtir yoʻllari boʻladi.
👉 Demak, qoʻlga hech qachon bilakuzuk taqilmaydi, bilaguzuk taqiladi!
Kaltakesakning bu turini ruslar yalangkoʻz yoki ilonkoʻz deyishar ekan. Oʻzbekchada koʻziga emas, shakliga qiyosan nom berilgan.