Bir martalik: -lik sifat ham yasaydi

Bir martalik: -lik sifat ham yasaydi

-lik qoʻshimchasi bilan bogʻliq xatolarni tuzatishda davom etamiz. Bu qoʻshimcha faqat ot yasamaydi, u nisbiy sifatlar ham yasaydi. Toʻgʻri, bunday sifatlar u qadar koʻp emas, lekin yoʻq ham emas.

-lik qoʻshimchasi yordamida yasalgan sifatlarga misollar: urugʻlik chigit, fargʻonalik talaba, shaharlik qiz, togʻlik kuyov, bir kunlik toʻy, yarim yillik hisobot.

Bu qoʻshimcha paytga nisbat beruvchi sifatlarni yasashi koʻproq uchraydi. Bir martalik birikmasi ham xuddi shunday nisbiy sifatdir.

 

📌 Demak:

Bir martalik sochiq ✅

Bir martali sochiq ❌

 

🔄 Mavzuga aloqador:

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.