Birgalikda emas, birga oʻrganamiz

Xomsemiz soʻzlarga qarshi kurashni davom ettiramiz. Bu safargi nishonimizda – birgalikda. Bu soʻzdagi -lik va -da qoʻshimchalari hech qanday yangi, foydali maʼno tashimaydi. Shu sababli ularning bahridan oʻtish kerak. Bu xuddi endilikda shaklini emas, endi shaklini qoʻllash afzalligiga oʻxshaydi:
Bu mavzuni birgalikda oʻrganamiz ❌
Bu mavzuni birga oʻrganamiz ✅

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.