Bordonkoʻl, Bordonchi, Bordonqishloq – “bordon” nima?

Bordonkoʻl, Bordonchi, Bordonqishloq – “bordon” nima?

Bordon soʻzi qatnashgan joy nomlari sizning ham qulogʻingizga chalingan boʻlsa kerak. Bu soʻz forschadan olingan, asliyatda katta xurjun degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida umuman boshqa maʼnoni anglatadi:

 

1️⃣ Qobigʻi olinmagan qamishdan boʻyraga oʻxshatib toʻqilgan qalin, dagʻal toʻshama.

 

Qamishdan uy-roʻzgʻor uchun bordon va boʻyra toʻqishadi: mevalarni quritishda foydalaniladi.

M. Toʻychiyev, “Qamish”.

 

2️⃣ Shunday toʻqimadan tayyorlangan maxsus qop, idish.

 

Bir bordon bugʻdoy.

 

Milliy ensiklopediyaga koʻra, bordon imoratlar qurishda vacca, toqi ustidan solinadi. Ilgari undan boshqa maqsadlarda ham foydalanilgan. Masalan, supa ustiga solinadigan namat, gilam, palos tagiga tuproq va zaxdan saqlanish uchun bordon toʻshalgan. U hovli atrofini devor qilib oʻrash uchun ishlatilgan. Hozir ham yakka uy-joylar, bostirmalar qurishda bordondan foydalaniladi.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, yozgi kafe, oshxonalarning atrofi bordon bilan qoʻra qilib qoʻyiladi.

Demak, Bordonkoʻl – atrofida bordon kapalar bor koʻl yoki bordon qilinadigan qamishlari koʻp koʻl, Bordonchi va Bordonqishloq – bordonchilar qishlogʻi maʼnosini beradi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube