Bosh muftiy emas, muftiy

Bosh muftiy emas, muftiy

Muftiy soʻzi arabchada fatvo beruvchi degan maʼnoni anglatadi. Izohli lugʻatga koʻra, musulmonlarda oliy lavozimli ruhoniy: shariat qonunlarini talqin qiluvchi, shariat va huquq masalalari yuzasidan hukm chiqaruvchi, fatvo beruvchi lavozimli ulamodir.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy sanaladi. Mamlakatimizda bir necha muftiy faoliyat yuritmaydi, muftiy bitta. Shunday ekan, bosh muftiy deyish xato boʻladi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining viloyat boʻlimlari vakillik, Qoraqalpogʻiston boʻlimi qoziyot deb ataladi. Vakillikning rahbari – vakil, qoziyot rahbari – qozi. Qoraqolpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar boʻlimlari rahbarlari tegishli hududning bosh imom-xatibi hisoblanadi.

Demak, jurnalistlar turli xabar va reportajlarni tayyorlashda yuqorida sanalgan atamalarga eʼtiborli boʻlishlari kerak.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube