Bugunlik kunda, bugungi kunda, bugun

Bugunlik kunda, bugungi kunda, bugun

Ogʻzaki tilda baʼzan soʻz va qoʻshimchalarni isrof qilamiz. Bu esa yozuvga ham koʻchib oʻtadi:

 

Bugunlik kunda til masalasiga bepisand qaralyapti.

Bugungi kunda til masalasiga bepisand qaralyapti.

 

Bugungi kunda iborasini ayniqsa ommaviy axborot vositalari sevib ishlatadi. Lekin bunday qoʻllamaslik kerak.

 

⚠️ Nimasi xato? Mazmun takrori va ortiqcha soʻz qoʻllash bor. Bugun soʻzi tarkibida kun soʻzi boʻlgani
uchun yana kun deyish shartmas. Soʻz oʻzgarib, yangilanib ketgan-ku, deysizmi? Hatto shu holatda ham kun soʻzi alohida mazmun tashimayapti-da.

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa? Bugunlik kunda, bugungi kunda birikmalari oʻrnida bugun soʻzini ishlatish yetarli. Jumla loʻndalashyapti, maʼnoga esa ziyon-zahmat yetayotgani yoʻq.

 

Hozirgi vaqtda, hozirgi kunda, hozirgi zamonda kabi iboralarni ham aksariyat holatlarda hozir deb tahrirlash mumkin.

 

📌 Demak:

Bugun ✅

Bugunlik kunda, bugungi kunda ❌

 

🔄 Mavzuga aloqador:

 

Telegram | YouTube

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube