Chunki: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Tahrir va korrektura jarayonida eng koʻp koʻzga tashlanadigan xatolardan biri chunki soʻzidan soʻng vergul qoʻllashdir.
❗️ Chunki bogʻlovchisi oʻzidan soʻng vergul talab qilmaydi. Ikki gapni bogʻlab, jumla ichida kelganda esa undan oldin vergul qoʻyiladi. Bu vergul ikki gapni ajratishga xizmat qiladi.
Qorakoʻz dadasini juda yaxshi koʻradi. Chunki uning savollariga dadajonisi erinmay javob berardi.
“Saodat”.
Chunki ayollar jangu jadaldan juda bezgan edilar.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Yangi soʻzlar juda koʻp chiqdi, chunki xalq ogʻzaki ijodi nihoyatda boy.
Gazetadan.
Husayn oqarib ketdi-yu, lekin indamadi, chunki boʻrilar orasida ekanini yaxshi bilardi.
Oybek, Nur qidirib.