“Daqiq” nima degani?
Daqiq soʻziga duch kelgandirsiz. Imlo lugʻatida bor, lekin izohli lugʻatga kiritilmabdi. Xoʻsh, u nima maʼnoga ega?
“Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati” uning oltita maʼnosini keltirgan. Hozirgi tilimizda daqiq soʻzi nafis, nozik, ingichka, chuqur maʼnoli, mazmundor kabi maʼnolarda ishlatiladi:
Imom Tabariy – Qurʼon oyatlarining maʼnolarini daqiq joylarigacha tushungan olim.
Adibning daqiq fikrlari kitobning salmogʻini bir necha karra oshirgan.
🟢 Daqiqa, diqqat, tadqiq soʻzlari daqiq bilan aslan oʻzakdosh.