Endilikda ozishi kerak

Koʻzga baloday koʻrinadigan soʻzlardan biri shu – endilikda. Hozirda, bugungi kunda, bugunlik kunda yetmaganday yoniga endilikda ham qoʻshilib oladi. Tuppa-tuzuk yozuvchiyu jurnalistlar ham soʻzni shu shaklda ishlataveradi. -lik va -da nimaga kerak deb savol bermaydi. Yoʻq doʻppini boshdan xayolan olib oʻylab koʻrilsa, endi soʻzining oʻzi yetarli ekani, anavi keraksiz qoʻshimalarni tirkashga hojat yoʻqligi maʼlum boʻladi.
Xullas, endilikda bu soʻzni ozdiring, hoʻppasemiz holatida qoʻllamang.
Endilikda ❌
Endi ✅
@oriftolib

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.