Funt sterling: “sterling” nima degani?

Funt sterling: “sterling” nima degani?

Funt sterling atamasining paydo boʻlishi haqida bir necha qarashlar bor. Baʼzi manbalarga koʻra, bu nom XII asrda paydo boʻlgan va toza kumush funt degan maʼnoni anglatgan. Sterling – qadimgi Angliyadagi kumush tanga. Bir funt ogʻirlikdagi kumushdan 240 dona kumush tanga zarb qilingan.

Boshqa bir qarashga koʻra, qadimda tanga pullarga Easterling Silver iborasi ham ishlatilgan. Bu sharqiy yerlar kumushi degan maʼnoni anglatgan va Shimoliy Germaniyada tayyorlangan tangalarga nisbatan qoʻllangan. Yuksak sifati va mustahkamligi bilan ajralib turadigan bu tangalarni 1158-yilda qirol Henri II oʻz tangalari uchun standart qilib oladi. Sterling Silver atamasi vaqt oʻtib kumush tangalarga nisbatan qoʻllana boshlaydi.

1694-yili Angliya banki banknotalar chiqara boshlagach, bu atamani pul birligi sifatida ishlatish odat tusiga kirdi.

Zamonaviy ingliz tilida pulni ifodalash uchun funt (pound) soʻzi ishlatiladi: This car costs 10,000 pounds – Bu mashina 10 000 funt turadi. Buyuk Britaniya valyutasini boshqa shu nomdagi valyutalardan farqlash uchun rasmiy hujjatlarda funt sterling (pound sterling) atamasidan foydalaniladi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube