Harorat oraligʻi qanday ifodalanadi?
Oraliqlarni ifodalash ham koʻp chalkashtiradi. Jumladan, haroratni koʻrsatganda plyus va minus belgilarini qoʻllash boʻyicha xilma-xil usullar bor.
Koʻp kuzatiladigan usullar:
10–15 °C iliq ✅
10–15 °C sovuq ✅
+10 dan +15 °C gacha ✅
+10 dan +15 gradusgacha ✅
+10 gradusdan +15 gradusgacha ✅
−2 dan +10 °C gacha ✅
−2 dan +10 gradusgacha ✅
Selsiy boʻyicha −2 dan +10 gradusgacha ✅
+10…+15 °C ✅
−10…−15 °C ✅
❗️ Minus va tire ketma-ket kelib, chalkash holat paydo boʻlgani uchun mana bunday shakldan foydalanmaslikni tavsiya etaman:
−10 – −15 °C ❌
+10 – +15 °C ❌
° belgisini chiqarish uchun Windowsʼda ALT+0176 tugmalarini bosish kerak.
Maxsus minus belgisi (−)ni MS Word dasturida belgilar qatoridan topish mumkin. Lekin amaliyotda uning oʻrniga defis (-) yoki oʻrtacha tire (–) ishlatish odat tusiga kirgan.
Temperatura oʻlcham birliklari ichida Selsiy (℃), Farengeyt (toʻgʻrisi – Farenheyt, ℉) va Kelvin (K) shkalalari mashhur. Bundan boshqa shkalalar ham bor.
Selsiy boʻyicha 100 daraja haroratning Farenheyt va Kelvindagi koʻrinishi:
100 ℃ = 212 ℉ = 373,15 K
Shkalalarning barchasi olimlar nomiga qoʻyilgan va bosh harf bilan yoziladi.
🔄 Mavzuga aloqador:
👉 Oʻlcham birliklari qanday yoziladi?
👉 Qiymat va belgi oʻrtasida boʻsh joy qoldiriladi
👉 Hosila birliklar: yo qisqartma bilan, yo toʻliq
👉 Oraliqdagi qiymat qanday ifodalanadi?
👉 Gradus belgisidan oldin boʻsh joy kerakmi yoki yoʻq?