ID karta: chiziqcha kerak emas

ID karta: chiziqcha kerak emas

ID karta tilimizga yangi kirib kelgan atamalardan biri. Unga oʻzbekcha ot qoʻymadik. Inglizcha qisqartmasini olib qoʻya qoldik. Garchi bu soʻz ruscha boʻlmasa-da, imloda yana ruschaga taqlid qilish holatlari kuzatilyapti va chiziqcha bilan yozilyapti. Aslida chiziqchaga umuman hojat yoʻq. Chunki u juft yoki takror soʻz emas.

ID karta – inglizcha ID card birikmasining tarjimasi. Kengaytmasi – identifikatsion karta. Yurtimizda pasport oʻrnida berilayotgan bunday hujjat egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlaydi. Undagi chipga karta egasining shaxsiy biografik va biometrik maʼlumotlari kiritiladi.

Inglizchada bu hujjat citizen card, passport card kabi nomlar bilan ham ataladi.

 

📌  Demak:

ID karta ✅

ID-karta ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.