Ism-familiyalarda boʻgʻin koʻchirilmaydimi?

Ism-familiyalarda boʻgʻin koʻchirilmaydimi?

Ism-familiya boʻgʻinga koʻchirilmaydi deb hisoblaydiganlar koʻp. Aslida qanaqa?

Imlo qoidalariga koʻra, ism va otaismning birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib koʻchirilmaydi: A. J. Jabborov, A. D. Abduvaliyev, S. R. Muxtorov, M. N. Oqilov kabilarda qisqartmani tepa satrda qoldirib, familiyani pastga koʻchirish mumkin emas.

Ismlar qisqartmasiz yozilganda-chi? Bunda imkon qadar ism, otaism va familiyalarni, taxalluslarni boʻgʻinga koʻchirmagan afzal. Ismga hurmat, madaniyat yuzasidan shunday yoʻl tutgan yaxshi.

❗️ Ammo imkonsiz oʻrinlarda bemalol boʻgʻin koʻchirish mumkin. Bunday soʻzlarda boʻgʻin koʻchirmaslik kerak degan qoida yoʻq. Ayniqsa bosma nashrlarda joy bilan hisoblashishga toʻgʻri keladi. Shu bois boʻgʻin koʻchirmaslik prinsipini qattiq ushlamaslik zarur.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube