Jagʻ, dahan, iyak, chakak: farqi nimada?

Jagʻ, dahan, iyak, chakak: farqi nimada?

Yuqoridagi soʻzlarning barchasi – odam aʼzosini anglatuvchi soʻz. Maʼnosi bir-biriga yaqin, baʼzida ularni almashlab ham qoʻllash mumkin. Xoʻsh, ularning lugʻaviy maʼnosi qanday:

 

Jagʻ – odam va hayvonlarda kallaning tishlar oʻrnashgan suyagi.

Dahan – ogʻiz. Ikki lab va ularning bir-biriga tegib turgan joyi va atrofi.

Iyak – pastki jagʻning har ikki tomoni quyilib kelib birlashgan joyi. Pastki jagʻ.

Chakak – pastki jagʻ.

 

Bu soʻzlardan jagʻ, iyak, chakak maʼnodosh boʻlsa-da, har doim ham bir-birining oʻrnida qoʻllanavermaydi. Masalan:

Jagʻi tinmaydi – chakagi tinmaydi ✅  – iyagi tinmaydi ❌ 🤦🏻‍♂️

Jagʻ paylari – chakak paylari 🤔 – iyak paylari 🤔

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.