Juda iliq havo qanaqa havo?

Juda iliq havo qanaqa havo?

Xatosi bor jumlani qadamma-qadam tuzatamiz:

 

Hafta davomida juda havo iliq boʻlishi kutilmoqda ❌

Hafta davomida havo juda iliq boʻlishi kutilmoqda ✅

 

Bu oʻrinda soʻzni yanglish oʻrinda qoʻllash bilan bogʻliq xato tuzatildi.

 

Endi ikkinchi xatoni tuzatamiz. Juda iliq degan ibora toʻgʻrimi oʻzi? Iliq soʻzi biroz, sal-pal issiqni bildiradi. Juda ravishi haddan tashqari, ortiq darajada ekanlikni anglatadi, uni biroz, sal-pal sifati bor soʻzga nisbatan ishlatish mantiqan toʻgʻri emas. Juda iliq deyish oʻrniga shunchaki issiq deyish yetarli va toʻgʻri.

 

📌 Demak:

Hafta davomida havo issiq boʻlishi kutilmoqda ✅✅

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.