Koʻp degan koʻp yangilur
Alisher Navoiy hikmatlaridan
- Agar oting yoʻqtur, arpa gʻamin yemassan.
- Barcha lazzatni tatdim, ofiyatdin chuchukrak sharbat topmadim.
- Bilki, gadodur tama etgan kishi.
- Vafosizda hayo yoʻq, hayosizda vafo yoʻq.
- Gʻiybat deguchi – najosat yeguchi.
- Yolgʻon aytquchi gʻaflatdadur.
- Yolgʻonchi har necha soʻzida fasihroq, soʻzi qabihroq.
- Yomonlargʻa lutfu karam – yaxshilargʻa mujibi zararu alam.
- Kimki, qanoatdan erur hujjati, yaxshi-yomonga yoʻq aning hojati.
- Kishi taʼlimdan topsa malolat, topar ilm ahli ollinda xijolat.
- Kishi oʻz madhin desa, chin dogʻi boʻlsa nopisanddur.
- Koʻzni oʻz aybingdan olma va oʻzgalar aybigʻa koʻz solma.
- Kulagach yuzlug xushaxloq nifoq kuduratidin boʻlgʻay yiroq.
- Kulgu adab tarkiga belgu durur.
- Koʻp degan koʻp yangilur.
- Mazlumgʻa baxshoyish koʻrguzki, zolimdan osoyish koʻrgaysen.
- Molligʻ nodonning demagi, oltunluq chibinning yemagi maʼlum.
- Odamiyning yaxshirogʻi uldurkim, porsovu pok boʻlgʻay va haq soʻzni ayturda bevahmu bok boʻlgʻay.
- Oz demak hikmatqa bois va oz yemak sihhatqa bois.
- Oqil chindin oʻzga demas, ammo barcha chinni ham demak oqil ishi emas.
- Sabr bila koʻp bogʻligʻ ish ochilur, ishda oshiqqan koʻp toyilur, koʻp toyilgʻan koʻp yiqilur.
- Soʻzi hisobsiz – oʻzi hisobsiz.
- Tabiatka har neki odat boʻlur, chu eskirdi odat – tabiat boʻlur.
- Takabbur shayton ishi, biyiklik nodon ishi.
- Telba qulogʻigʻa pand – quyun oyogʻigʻa band.
- Oʻzi poku koʻzi pokni inson desa boʻlur.
- Ulki buyurub, oʻzi qilmagʻay – hech kimga foyda va asar aning soʻzi qilmagʻay.
- Ulki, soʻzni bir yerdin yana bir yerga yetkurgay, elning oʻtkan gunohin oʻz boʻynigʻa indurgay.
- Ulki, el koʻrmaguncha bermas, laimdur, saxiy ermas.
- Xoʻb yirtuq toʻn bila ham xoʻb, gul yamogʻliq choponi bila mahbub.
- Er kishikim, koʻp yasangʻay, xirad ahli aning aqlidin oʻsangʻay.
Orif Tolib toʻpladi.