Koʻp soʻraladigan savol: qoʻsh undoshli oʻzlashmalarga qoʻshimcha qanday qoʻshiladi?
Metall, gramm, kristall kabi oxiri qoʻsh undosh bilan tugagan oʻzlashma soʻzlarga qoʻshimcha qoʻshilganda harf tushadimi yoki yoʻq? Tushadi ham, tushmaydi ham.
🟢 Qachon harf tushadi?
Amaldagi imlo qoidalariga koʻra, metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi oʻzlashma soʻzlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday soʻzga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qoʻshilsa, soʻz oxiridagi bir harf yozilmaydi:
metall + lar = metallar
kilogramm + mi = kilogrammi
🟢 Qachon harf tushmaydi?
Agar boshqa tovushli qoʻshimcha qoʻshilsa, harf tushib qolmaydi:
ball + i = balli
kongress + dan = kongressdan
📌 Demak:
Uning balli qanaqa chiqdi, besh balli tizim, metalli qotishma, metalldan yasalgan ✅
Uning bali qanaqa chiqdi, besh ballli tizim, besh bali tizim, metallli qotishma, metali qotishma, metallldan yasalgan, metaldan yasalgan ❌
Bir tovush aytilgan paytda ikki harf yozish aslida xatoligi, bu ruscha imlodan koʻr-koʻrona koʻchirilgan qoidaligi, uni oʻzgartirish zarurligi haqida oldinroq yozgan edim. Hozircha yuqoridagi tartibga amal qilinadi.
👉 Toʻgʻrisi, bu qoidaning oʻzgarmasligi ehtimoli yuqori. Chunki oʻzgarishlarga toqatsizmiz.