Tarjimon latifachi boʻlganda
Ruslar “Mujskoy kapriz” deb ataydigan salat bor. Shuni “Erkak nozi” deb oʻgirishibdi. Toʻgʻri, kapriz soʻzi oʻrni bilan mijgʻovlik, xarxasha, noz deb tarjima qilinishi mumkin. Lekin erkakda noz boʻlmaydi-da. Noz – ayollarga xos xususiyat. Jenskiy kapriz yoki damskiy kapriz iborasini ayol nozi deb oʻgirish mumkin.
Mujskoy kapriz kalka usulida tarjima qilinsa, erkakning injiqligi, injiq erkak deb oʻzbekchalashtirilishi mumkin. Oʻzi aynan ruschaday tarjima qilish ham shartmas bu oʻrinda. “Erkakcha”, “Erkakcha qatʼiyat”, “Oʻgʻil bola” deyish mumkin. Biroq buni tanglayi oʻrischa bilan koʻtarilganlar qabul qilmasligi aniq.
Siz bu salat nomini qanday oʻgirishni taklif etasiz?
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.