Loyiha menejeri: kasb va sohani qanday ifodalagan maʼqul?

Savol:

 

Loyiha menejeri soʻzi bor. Unga -lik qoʻshimchasini qoʻshib, kasb otini ifodalash toʻgʻrimi?

 

Masalan:

 

 – Nima ish qilasan?

 – Loyiha menejerilik bilan shugʻullanaman.

 

Xuddi direktorlik faoliyati, oʻqituvchilik jarayoni, mentorlik kasbi kabi loyiha menejerilik deb qoʻllasa ham boʻladimi?

 

Javob:

 

Kasb nisbatan yangi boʻlgani uchun u bilan bogʻliq atamalar ommalashmagan. Bu esa shu kabi savollarni yuzaga chiqaradi.

 

“Nima ish qilasan?” savoliga loyiha menejeriman, loyihada menejerman kabi loʻndaroq shakllarda javob berish mumkin.

 

Soha nomini esa loyiha menejerligi tarzida ifodalash kerak.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.