Lev Tolstoy jumbogʻi

8
1880
marta koʻrilgan.

Mashhur rus yozuvchisi bu masalani ikkinchi sinf oʻquvchilari uchun oʻylab topgan. Lekin hozir uni yuqori sinf oʻquvchilarining oʻttiz foizi, oliy oʻquv yurti talabalarining yigirma foizigina toʻgʻri yecha olar ekan. Hatto har kuni pulni pulga urib koʻpaytiradigan, hisob-kitob bilan tinimsiz shugʻullanadigan savdogarlaru buxgalterlar ham koʻpincha xato qilishadi. Mana oʻsha masala:

“Savdogar qalpoq sotyapti, 10 soʻmdan. Bir xaridor keldi, kiyib koʻrib, sotib olmoqchi boʻldi. Lekin uning 25 soʻmligi bor ekan, xolos. Sotuvchi oʻsha 25 soʻmni bir bolakayga berib, maydalab kelish uchun qoʻshninikiga joʻnatdi. Bola pulni 10+10+5 soʻmlik qilib maydalab keldi. Savdogar qalpoqni va 15 soʻm qaytimni haligi kishiga berdi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, pulni maydalab bergan qoʻshni keldi va 25 soʻmlik qalbaki ekanini aytdi. Ilojsiz qolgan sotuvchi unga pulini qaytarib berdi.

Savdogar jami boʻlib qanchaga tushgan?”

Qani, Siz ham bir urinib koʻring-chi, buyuk yozuvchining ushbu oddiygina jumbogʻini yecha olarmikansiz. Javoblaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

 

Orif Tolib
tayyorladi.

PS: Oddiygina masalani yechish uchun oson yoʻlni tanlab, Googleʼdan tayyor javobni izlamaysiz, deb ishonaman.

8 Mulohaza

  1. 50 so`m … qalbaki pulni qo`shniga to`liq 25 qaytargan ….15 qalpokni olib ketganga qaytargan qalpoqni o`zi 10 so`m shulani xamasi qo`shilsa 50 so`m zarar qilgan savdogar

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.