Mantiqqa qiziquvchilar uchun
Karantinda ayniqsa bolalar zerikayotgan boʻlsa kerak. Ayniqsa, koʻp qavatli uyda yashaydigan ota-onalarga sabr tilayman. Biroq hozir kasallikdan eng yaxshi himoya – uyda oʻtirish, sabr qilishdir.
Bir muddat oldin bolalar uchun mantiqiy masalalar, jumboqlar, qiziqarli savollarni toʻplab, “Kim biladi-yo shuginani-yo” degan kitob tayyorlagan edim. Shu kitobga kirgan baʼzi savollarni oldinroq eʼlon ham qilganman (qarang: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7).
Bugundan boshlab kitobdan parchalarni yana eʼlon qilib boraman. Jumboqlar orasida oʻta soddalari ham, biroz murakkablari ham, sezilarli qiyinlari ham bor. Baʼzida juda oson koʻringanlari aslida anchagina chalgʻituvchi boʻladi. Masalan, “Lev Tolstoy jumbogʻi” koʻpchilikni qiynabroq qoʻydi.
Xullas, ushbu mantiqiy savollar bolajonlarni zerikishdan oz-moz qaytarar, degan umiddaman.
Ota-onalar ham bolalar bilan shugʻullanish, ularni foydali ish bilan band qilish uchun turli usullarni qoʻllayotgan boʻlsa kerak. Ularga: “Charchamang, boʻshashmang, oʻqituvchilarning qadriga yeting”, deb qolaman.
Orif Tolib