Maqollar iqtibosi: imloga yechimlar

Maqollar iqtibosi: imloga yechimlar

Matnda maqol va matallar iqtibos shaklida keltirilsa, qoʻshtirnoqqa olinadi:

 

“Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq”, deydi xalqimiz.

Xalqimizning hikmatli soʻzi bor: “Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq”.

 

Maqol va matallar matnning qismi sifatida berilsa, hech qanday qoʻshtirnoq ishlatilmaydi:

 

Maqsad sari olgʻa intil, dadil boʻl. Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq.

Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq, ogʻishmay harakat qilsang, maqsadingga erishasan.

 

Baʼzan matnda maqol va matallardan iqtibos keltirilsa-da, qoʻshtirnoq ishlatilmasligi mumkin. Bu xuddi koʻchirma gaplarni qoʻshtirnoqsiz ishlatishga oʻxshaydi. Lekin bu shakl asosan badiiy-publitsistik matnlar uslubiga xos:

 

Iroda va shijoat bilan harakat qilaversang, maqsadingga erishasan. Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq degan gap bejiz aytilmagan.

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.