Matn bilan ishlashda qoʻl keladigan teztugmalar
Inglizcha hotkey soʻzma-soʻz issiq tugma deb tarjima qilinadi. Oʻzbekchada teztugma deyish mumkin (boshqa yaxshiroq variantingiz boʻlsa, izohlarda qoldiring).
Quyidagi teztugmalar matn bilan ishlashda, ayniqsa, Word dasturida katta foyda beradi. Ular faqat matnda emas, fayllar, turli dasturlar bilan ishlaganda ham shunday vazifalarni bajaradi.
Mabodo bilsangiz, nur ustiga nur. Agar shu paytgacha ishlatmagan boʻlsangiz, mashq qilib oʻrganib oling. Sichqoncha bilan qiynalib, nisbatan koʻp vaqt sarflab bajargan ishingizni soniyada bajarasiz.
Ctrl + B belgilangan matnni qalinga oʻtkazadi.
Ctrl + I belgilangan matnni qiyaga oʻtkazadi.
Ctrl + U belgilangan matnning tagiga chizadi.
Ctrl + CHAPGA/OʻNGGA kursorni chap yoki oʻngga bir soʻz oshiradi.
Shift + Ctrl + CHAPGA/OʻNGGA chap yoki oʻngdagi soʻzni belgilaydi.
Ctrl + Home/End kursorni satrning boshiga yoki oxiriga olib boradi.
Shift + Ctrl + Home/End satrni boshigacha yoki oxirigacha belgilaydi.
Ctrl + X belgilangan matnni kesib oladi.
Ctrl + C belgilangan matnni nusxalaydi.
Ctrl + V belgilangan matnni joylaydi.
Ctrl + K belgilangan soʻz, birikma yoki jumlaga havola joylashtiradi.
Ctrl + A butun hujjatdagi matnni belgilaydi.
Ctrl + W amaldagi hujjatni yopadi, lekin dasturdan chiqib ketmaydi.
🔄 Mavzuga aloqador:
Windows uchun oʻzbek lotin klaviaturasi