Murakkab sifatli joy nomlari qanday yoziladi?

Murakkab sifatli joy nomlari qanday yoziladi?

Savol:

Janubiy-sharqiy Osiyo qanday yoziladi? Janubiy-Sharqiy Osiyomi yoki Janubiy-sharqiy Osiyo? Gap oʻrtasida ham bosh harfda yozish kerakmi?

 

Javob:

Joy nomlari boshida juft tarkibli sifat kelsa, uning birinchi soʻzi bosh harfda yoziladi. Masalan:

Janubi-sharqiy Osiyo, Janubi-gʻarbiy Osiyo, Shimoli-sharqiy Qozogʻiston, Shimoli-gʻarbiy Yevropa.

 

Bugun darsda Janubi-gʻarbiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini oʻrgandik.

 

❗️ Eʼtibor bering, geografik joylashuvni bildiruvchi bunday birikmalarning birinchi qismidagi soʻz janubiy, shimoliy shaklida boʻlmaydi, y harfi tushirib qoldiriladi: janubi, shimoli.

 

Agar birikma joy nomi tarkibida boʻlmasa, kichik harfda yoziladi:

Osiyoning janubi-sharqi, Osiyoning janubi-gʻarbi, Qozogʻistonning shimoli-sharqi, Yevropaning shimoli-gʻarbi.

 

📌 Demak:

Janubi-sharqiy Osiyo, Osiyoning janubi-sharqi ✅

 

Janubi-Sharqiy Osiyo, janubi-sharqiy Osiyo, Janubiy-sharqiy Osiyo, Janubiy-Sharqiy Osiyo, janubiy-sharqiy Osiyo, Osiyoning Janubi-sharqi, Osiyoning janubi-Sharqi, Osiyoning Janubi-Sharqi ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.