Musobaqa turiga koʻra yozasiz
Savol:
Qay shaklda yozgan toʻgʻri:
“Turon” jamoasi rais kubogini qoʻlga kiritdi
yoki
“Turon” jamoasi “Rais kubogi”ni qoʻlga kiritdi?
Javob:
Biror rais kubok uyushtirgan boʻlsa, rais kubogi shaklida yozasiz. Agar musobaqaga “Rais kubogi” deb nom berilgan boʻlsa, qoʻshtirnoq va bosh harf ishlatiladi.
Har ikki variant mazmunga qarab toʻgʻri boʻlishi mumkin.