Navoiyxonlik, boburxonlik: kichik harfda
Navoiy va Bobur – atoqli ot, biroq ularga –xon qoʻshimchasi qoʻshilsa, turdosh otga aylanadi. -xon forscha xondan – oʻqimoq soʻzidan. Navoiyxon – Navoiy asarlarini oʻquvchi, boburxon – Bobur asarlarini oʻquvchi demakdir. Kitobxon soʻzida ham shu qoʻshimcha qatnashgan.
📌 Demak:
Institutda navoiyxonlik va boburxonlik kechalari oʻtkazildi ✅
Institutda Navoiyxonlik va Boburxonlik kechalari oʻtkazildi ❌

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.